TAVROT

TAVROT (qad. yahudiycha «tora» — taʼlimot, qonun) — iudaizm dinining muqaddas kitobi. Tavrot 5 ta kitob (Ibtido, Chiqish, Loviy, Sonlar, Ikkinchi qonun) ning umumiy nomi. Iudaizm va islom aqidasi boʻyicha, T. Alloxning Musoga Jabroil orqali tushirgan kitobi. Koʻpincha u «Muso qonunlari» deb ham ataladi. Tavrot yozuvlari ogʻzaki tarzda mil. av. 11—6-a. lar oʻrtasida shakllangan. 5-a. da Falastinda kitob shakliga keltirilgan. Tavrotda dunyoning yaratilishi, Odamato, Momohavo, toʻfon, Bobil minorasi va tillar chatishuvi, ilk yahudiy paygʻambarlari, yaxudiylarning Misrdan chiqib asirlikdan qutulishi, ularga Falastinni muqaddas yer sifatida berilishi, Musoning xudodan olgan koʻrsatmalari, Yaxvaga sigʻinishning boshlanishi, diniy aqida, tartib va marosimlar, yahudiylarning 40 y. Sinay ya. o. da koʻchmanchilikda hayot kechirishi, yahudiylar xudo tomonidan tanlangan xalq ekani bayon qilinadi. Tavrotni asrlar davomida talqin va qayta talqin etish natijasida iudaizmning yana bir muqaddas kitobi — Talmud shakllangan.

Qurʼonda Tavrot haqida bir qancha oyatlar bor. Qurʼonga koʻra, Injildagi kabi Tavrotda ham yahudiylardan boʻlmagan Ahmad ismli paygʻambarning dunyoga kelishi haqida aytilgan. Musulmon adabiyotida «Qadimgi ahd» da uchraydigan barcha kitoblarni Tavrot deb ataydilar.

Eldor Ibrohimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x