SEYSMIK KAROTAJ

SEYSMIK KAROTAJburgʻi quduqlarida elastik toʻlqinlarning oʻtish tezligi, qaytish, tarqalish va yutilish koeffitsiyentlari yordamida togʻ jinslarining seysmik xossalarini oʻrganish. Olingan natijalar seysmik razvedka ishlari natijalarini oʻrganish, togʻ jinslari tarkibi va fizik holatini taxlil qilish, burgʻi qudugʻining texnik holatini aniklashda ishlatiladi. Seysmik karotajning integral va differensial usuli bor. Integral usulda seysmik toʻlqin hosil qiluvchi manba yerning yuziga yaqin joyda, uni (toʻlqinni) yozib oluvchi priyomnik esa burgʻi qudugʻi ichida joylashtiriladi, differensial usulda manba va priyomnik burgʻi qudugʻi boʻylab birga koʻchiriladi. Integral usul 50—100 m chuqurlikdagi qatlamlarni burgʻi quduklarini oʻrganuvchi maxsus seysmik st-yalar yordamida vertikal seysmik zondlash bilan oʻrganiladi. Bunda 20—150 Gs chastotali seysmik toʻlqinlar yozib olinadi. Differensial usulda qalinligi 1—2 m li katlamlar chastotasi 10—100 kGs li seysmik toʻlqinlar yordamida oʻrganiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x