RISQIYEV Rufat Asadovich

RISQIYEV Rufat Asadovich (1949.2.10, Toshkent) — bokschi, xizmat koʻrsatgan sportchi (1974), 75 kg vazn toifasida jaxrn chempioni (1974, Gavana), Olimpiada kumush medali sovrindori (1976, Monreal). Avstriya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviyada oʻtkazilgan xalqaro turnirlar golibi (196976), Kuba ochiq chempionatining 2 karra chempioni (1973, 1974), Oʻzbekiston jismoniy tarbiya in-tini tugatgan (1977). «Dinamo» sport jamiyatida yoʻriqchi (1967 — 77), Toshkent politexnika in-tida kafedra mudiri (1977— 79), Respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida murabbiy (1979—84). Risqiyev bokschi hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan «Ringga chaqiriladi» (1979) badiiy filmida bosh rolni ijro etgan. 1999-y. dan Toshkentda Risqiyev sovrini uchun oʻspirinlar oʻrtasida boks musobaqalari oʻtkaziladi. «Elyurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Ad.: Ostonov S, «Yoʻlbars»ning olishuvi, T., 1980; Muhamedov S, Ring qiroli, T., 1992; Sharipova F., Matonat, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x