RADIOPELENGATOR

RADIOPELENGATOR (radio… va gollandcha peling — yoʻnalish) — uzatuvchi radiostansiya yoʻnalishini aniqlashga (pelenglashga) imkon beradigan radioqabul qurilmasi. Radiopelengator pelenglanayotgan obyektdan tarqalayotgan radiotoʻlqinlarni qabul qiluvchi antenna — fiderli tizim (AFS) va qabul qiluvchi indikatordan iborat. Indikatorda qabul qilinayotgan radiotoʻlqinlar AFS da hosil qilayotgan oʻzgaruvchan elektr yurituvchi kuchlarning amplitudalarini taqqoslash (amplituda usuli bilan radiopelenglashda) yoki fazalar farqini oʻlchash (fazaviy usul bilan radiopelenglashda) natijasida pelenglanayotgan obyekt yoʻnalishi bilan hisob boshi deb qabul qilingan asosiy tekisliklar orasidagi burchaklar haqida maʼlumot olinadi. Universal (ikki koordinatali) Radiopelengatorda bu yoʻnalishni aniklovchi ikkala burchak, azimutal Radiopelengatorda ulardan bittasi (azimut) oʻlchanadi. Dengiz navigatsiyasida Radiopelengator yordamida azimutni oʻlchash radiopelenglash deyiladi.

Oʻlchash ishlarining avtomatlashganlik darajasiga qarab, Radiopelengator noavtomat i k (tovushli) — pelenglash obyektining signallari minimal va maksimal eshitilishiga qarab indikatsiyalaydigan; yarimavtomatik (vizual) — strelkali indikatorli yoki elektronnurli indikatsiyalaydigan; avtomatik — oʻlchanadigan parametrlarni raqamli hisoblaydigan xillarga boʻlinadi. Antenna xillarining oʻziga xosligi va amplituda usuli bilan radiopelenglashga asoslangan yoʻnalishli qabul hodisasini A. S. Popov qayd qilib oʻtgan. Radiopelengator radioastronomiya, meteorologiya, dengiz, havo va kosmik navigatsiyada keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x