JIZZAX DON MAHSULOTLARI AKSIYADORLIK JAMIYATI

«JIZZAX DON MAHSULOTLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziqovqat sanoati korxonasi. Jizzax viloyati Jizzax tumanida joylashgan. «Oʻzdonmahsulot» davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tarkibiga kiradi. 1972-y. da ishga tushirilgan. Asosan un, aralash yem va makaron ishlab chiqaradi. Korxona sutkasiga 240 t bugʻdoy uni, 210 t aralash yem, 180 kg makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona 1972—83 y. larda Jizzax un k-ti, 1983 — 92 y. larda Jizzax don mahsulotlari k-ti, 1992—95 y. larda «Jizzax don mahsulotlari» i. ch. birlashmasining bosh korxonasi, 1995-y. dan hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1972-y. korxonada 47 ming t sigʻimga ega elevator (don saqlash boʻlimi), 2 ming tun saqlashga moʻljallangan omborxona qurilgan, 1976-y. dan 17 ming t sigʻimga ega elevator ishlaydi. Korxona Shveysariyaning «Byuller» firmasi texnologik uskunalari bilan jihozlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x