QIZILCHOʻL QORAMOL ZOTI

QIZILCHOʻL QORAMOL ZOTI — suti uchun boqiladigan zot. 18-asr oxirlarida Ukrainaning Zaporojye viloyatida kulrang choʻl qoramollarini qizil ostfrisland, anglen, shortgorn, nemis qizil qoramol zoti va vilstermash zotlari bilan uzoq yillar chatishtirib chiqarilgan. 1941-yilgacha nemis qizil mollari nomi bilan yuritilgan. Qizilchoʻl qoramol zotining tana tuzilishi mustahkam, boʻyi oʻrtacha balandlikda, tusi qizil (koʻpchiligining boshi va tanasida oq qashqasi bor). Sigirlarining vazni 450500 kg, buqalariniki 800900 kg, buzoqlari 30—35 kg tugʻiladi, 6 oylik boʻlganda 160—190 kg. Sigirlari oʻrtacha 3000—4000 kg, sersutlari 10—12 ming kg gacha sut beradi, yogʻliligi 3,7—3,9%. Goʻsht mahsuldorligi qoniqarli. Novvoslarining oʻrtacha kundalik vazn oʻsishi 800—900 g, soʻyim chiqimi 55—57%. Jahondagi koʻpgina mintaqalar va mamlakatlarda tarqalgan va ularning hududiy xillari, buqa tizimlari va sigirlar oilalari yaratilgan, seleksiya ishlarida samarali foydalanilmoqda.

Oʻzbekistonga 1882-yilda olib kelingan va Toshkent viloyatidagi «Qoplonbek» xoʻjaligida urchitilgan, respublikaning iklim sharoitiga moslashgan podalar guruhlari shakllantirilgan. Naslchilik zdlari va naslchilik xoʻjaliklarida zot xususiyatlari takomillashtirilmoqda. Buxoro, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qoraqalpogʻiston hamda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining choʻl hududlarida, Turkmanistonda boqiladi; Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan zotlar orasida salmogʻi boʻyicha 2-oʻrinni egallaydi.

Ad.: Nosirov U., Qoramolchilik, T., 2001.

Ubaydulla Nosirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x