PXENYAN

PXENYANKoreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) poytaxti. Tedongan daryosi boʻyida, 300 m balandlikda. Iqlimi mussonli moʻtadil iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —8,2°, iyulniki 24°. Yillik yogʻin 922 mm. Axrlisi 2,6 mln. (1990-y. lar oxiri). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan.

Pxenyan — Koreyaning qad. shaharlaridan. 4-a. da shahar oʻrnida qalʼa boʻlgan. 427 — 668-y. larda Koguryo davlatining poytaxti. 10—14-a. larda P. Sogyon deb atalgan. 1905—45 y. larda yaponlar qoʻl os-tida boʻlgan. 1948-y. 9 sent. da Pxenyanda KXDR tuzilganligi eʼlon qilingan. 1950—53 y. lardagi urush vaqtida bu-tunlay vayron boʻlgan. Urushdan keyin qayta tiklanib, zamonaviy shaharga aylangan.

Pxenyan mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atrofidagi shaharlar bilan yirik sanoat r-nini tashkil qiladi. Qora va rangli metallurgiya, koʻp tarmoqli mashinasozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik (KXDR da eng yirik k-t), oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Poyabzal, farmatsevtika, chinni-fayans, yogʻochsozlik korxonalari ishlab turibdi. Is-siqlik elektr styasi, metropoliten qurilgan. FA, un-t, teatrlar, konservatoriya, muzeylar, badiiy galereya bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan minora, qalʼa darvozalari, maqbaralar, pago-dalar saqlangan, bogʻ koʻp.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x