PUL TIZIMI

PUL TIZIMI — mamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Tarixan Pul tizimining metall pul muomalasi va pul belgilari (qogʻoz pullar) muomalasi koʻrinishlari bor. Oʻz navbatida metall pul muomalasi tizimi bimetallizm va monometallizmta boʻlinadi. Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi Pul tizimi 1995-y. 21 dek. da qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi konunga muvo-fiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi soʻm. Soʻmning chet el valyutalariga nisbatan kursini OʻzR Markaziy banki belgilaydi va matbuotda eʼlon qiladi. Oʻzbekiston hududida nakd pullar (banknotlar va tangalar) ʻva naqd boʻlmagan pullar (kredit muassasalarida hisobvaraqlardagi mablagʻlar koʻrinishida) amal qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nakd pullarni chiqarish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi xudu-dida muomalada boʻlishini tashkil etish va muomaladan chiqarish boʻyicha mutlaq huquqlarga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x