NURXATSI

NURXATSI (1559—1626) — manjur xoni. Oysingoro kavmidan. Min sulolasi tu-manboshisi Mangu Temurning avlodi. Szyanchjou jujanlari qabilasi bosh-ligʻi (1583). Min imperiyasi vassali; 1589-y. minlarga koʻrsatgan xizmati uchun dudu syanshi (general) harbiy unvonini olgan. Nurxatsi manjur kabilalarini birlashtirishga kirishgan. 30 yillik urush harakatlaridan soʻng, 1616-y. N. Xetu-ola (hoz. Lyaonin viloyatida) sh. ni markaz qilib xonlik tashkil etib, oʻzini «Yingmin xon» deb eʼlon qilgan. U davlatiga «Dajin» (Ulugʻ oltin maʼnosida, ruscha Daszin) deb nom bergan, uning asosini 8 qismdan iborat armiya tashkil etgan. XaR bir qismning tugʻi (bay-rogʻi) boʻlib, ularning rangi bir-bi-ridan farq qiladi. Shu tufayli Nurxatsining armiyasi «8 tugʻli armiya» deb nomlangan. 1618-y. dan Min imperiyasi bilan urush olib borgan. 1626-y. Ninyuan sh. ga na-vbatdagi hujumi vaqtida Nurxatsi minlarning generali Yuan Chungxuan qoʻshinidan magʻlubiyatga uchragan. Uning oʻrnini 8-oʻgʻli Xuntayji egallagan va ishini davom ettirgan. 9nabirasi Oysingoro-Fu-lin (Shizu — 1638—61) davrida man-jurlar Min sulolasini agʻdarib, Man-juriya va Xitoy hududi asosida Chin (Sin) imperiyasini tashkil etgan. Nurxatsining ruhini shod etmoq uchun unga «Tayzu xuandi» («Sulola asoschisi boʻlgan xoqon») deb nom berilgan. Manbalarda ushbu nomni boshqa sulolalardan farq qilish maqsadida «Chin Tayzu» deb atash qabul qilingan.

Abdulahad Xoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x