NAVCHA

NAVCHA, dumrov — oʻtmishda boylarga yollanib ishlaydigan oʻspirin yigitlar. 19-a. oxiri —20-a. boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgan. Navcha dehqonchilik bilan bogʻliq har xil ishlarni: yer haydash, ekin ekish, ekinni oʻrib-yigʻib olish, yanchish, ariqzovurlarni qazish, goʻng chiqarish va b. ni bajargan. Navchani boy xoʻjaliklar koʻpincha chorakorlarga yordamchi qilib olganlar. Navcha 9 oyga, yaʼni bahorda qoʻsh chiqarish vaqti (mart — apr.)dan to kuzgacha, yerni shudgor qilgunga (okt — noyab.) qadar boʻlgan davrga yollangan. Navcha oladigan haqini xoʻja-yin bilan oldindan kelishib olgan. Ish haqi q. x. dan olinadigan mahsulot b-n toʻlangan. Navcha donli ekinlardan (arpa, bugʻdoy, joʻxori va b.) taxm. 1/5 — 1/6 hissadan 7,2 qissagacha haq olgan. Agar Navcha chorakorga yordamchi boʻlib ishlasa, uning ish haqi olinadigan hosilning 1/20—1/25 hissasigacha toʻgʻri kelgan. Mehnat haqidan tashqari xoʻjayin Navchani ovqat hamda kiyim-bosh bilan taʼminlashi kerak boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x