NAJD

NAJD — Saudiya Arabistonidagi viloyat. 5—6-a. oʻrtalarida arablarning kinda qabilasi qoʻl ostida boʻlgan. 7 — 9-a. larda Arab xalifaligi, keyinchalik Arabiston ya. o. da mavjud boʻlgan davlatlar tarkibida. 18-a. da vahhobiylar harakati markazi boʻlgan. Ular bu yerda Najd amirligini tuzganlar (18-a. oxiri —20a. boshi, tanaffuslar b-n). Birinchi jahon urushidan soʻng Najd amirligi Shim. va Markaziy Arabistonni birlashtirish kurashiga raxnamolik qilgan, natijada Hijoz, Najd va birlashgan viloyatlar davlati (1932-y. dan Saudiya Arabistoni) paydo boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x