MULTIPLIKATSION FILM

MULTIPLIKATSION FILM (lot. multiplicatio — koʻpaytirish) — kino sanʼati turi. Kinoasarlari chizilgan (rasmli multiplikatsiya) yoki hajmiy (hajmiy multiplikatsiya) obyektlar harakatining ketma-ket fazalarini suratga olish yoʻli bilan tayyorlanadi. Tasmaga tushirilgan rayem va xdjmiy obrazlarning sekundiga 24 kadr tezligidagi proyeksiya tasviri ekranda harakatni, yaʼni «jonlanish» ni yuzaga keltiradi.

Multiplikatsiya rasmli va hajmiy boʻlib, ularning har biri yana chizma, siluetli, qoʻgʻirchoq, barelyefli turlarga boʻlinadi. Keyingi paytda kom-pyuterli multiplikatsiya ham keng taraqqiy etib boryapti. Multiplikatsiya kinematografiya ixtiro etilguniga qadar bunyod etilgan. Rasmli kino birinchi marta fransuz rassomi va muhandisi E. Reynoning ancha mukammalroq moslamasi orqali 1892-y. da namoyish qilingan. Kadrmakadr suratga olish yoʻsini boʻyicha ishlangan dastlabki rasmli filmlar muallifi — E. Kol. Hajmiy multiplikatsiyaning asoschisi rus operatori va rej. V. Starevich («Goʻzal Lyukanida yoki Shoxdorlar va moʻylovdorlar urushi»). Birinchi rasmli Multiplikatsion film — «Jasur chum-chuqcha» (V. Arsentyev, 1969). 1978-y. da «Oʻzbekfilm» kino studiyasi qoshida qoʻrirchoq. va rasmli filmlar ijodiy uyushmasi tashkil etilgach, rasmli multiplikatsiyada janr va mavzu doiralari kengaydi; harakat va voqea tezligiga, yumorga eʼtibor kuchaydi («Kvakva kvarteti», «Lochin va Yulduz haqida ballada», «Sehrli samovar», «Yulduzli ertak», «Sahroda koʻl» va b.). 80-y. larda turlarining imkoniyatlarini almashtirib turish uslubiga asoslanib, yassi qoʻgʻirchoklardan keng foydalanishga oʻtildi, multiplikatsiya bilan rasmli figura va jonli personajlarni qoʻshib, suratga olish tajribasi ijobiy samara berdi («Kor odam», «Xrizantemalar bogʻi», «Begona», «Xoʻja Nasriddin», «Oyimning jumboklari» va b.). Ichki imkoniyatlardan dadil foydalanishi, umuminsoniy mavzulardan falsafiy xulosalar chiqara olish oʻzbek multiplikatsiyasiga muvaffaqiyat keltirdi. 1984-y. Leypsigda boʻlib oʻtgan 27-Xalqaro festivalda amerikalik fantast yozuvchi Rey Bredberi hikoyasi asosida yaratilgan «Yoqimli yomgʻir yogʻadi» (rej. N. Toʻlaxoʻjayev, rassom S. Alibekov, kompozitor F. Yanov-Yanovskiy) filmi festivalning bosh sovrini «Oltin kabutar» bilan taqdirlandi. 1987-y. da «Oʻzbektelefilm» ham oʻzining Multiplikatsion film «Nonvoy va yalkrv» (rej. Multiplikatsion film Boymuhamedov)ni yaratdi.

Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng filmlar oʻzbek tilida suratga olina boshladi. Ular «Oʻzbekfilm» aksiyadorlik jamiyatining multfilmlar ustaxonasida ishlanadi. Oʻzbek mumtoz shoiri va yozuvchilarining adabiy meroslari multiplikatsiya tasviriy vositalari yordamida ekranlashtirilmoqda. Multipdikatsiyaning imkoniyatlari yanada kengayib bormoqda. Keyingi yillarda zamonaviy suratga olish ki-nokameralari bilan bir qatorda kompyuter yordamida filmlar yaratishga oʻtilmoqda. «Sindbadning sarguzashtlari», «Billiardxona voqeasi», «Bahrom va Dilorom» (M. Mahmudov), «Oltin ketmon», «Kora saroy» (V. Nikitin), «Yayugar quyon» (D. Vlasov), «Daladagi gullar» (N. Toʻlaxoʻjayev) va b. soʻnggi yillar yaratilgan eng yaxshi filmlardir. Multiplikatsion filmlar bolalarni oʻzaro yordam, ezgulik, doʻstlik, ahillik, mehnatkash boʻlishga oʻrgatadi. Oʻzbek Multiplikatsion film larini dunyoga tanitishda rej. lardan D. Salimov, N. Toʻlaxoʻjayev, M. Mahmudov, A. Akbarxoʻjayev, D. Vlasov, Q. Kamolova va b. ning xizmatlari katta.

Mahsura Mirzamuhamedova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x