MUZLIK YOTQIZIQLARI

MUZLIK YOTQIZIQLARI — hosil boʻlishi hoz. yoki qad. togʻ muzliklari va materik muz qoplamlari bilan genetik bogʻliq boʻlgan geologik yotqiziqlarning katta guruhi. Muzlik (glyatsi-al yoki morena) va suv-muzlik yotqiziqlariga boʻlinadi. Muzlik yotqiziqlari muzlik oʻrnida muz bilan keltirilgan chaqiq jinslardan vujudga keladi. Har xil oʻlchamdagi boʻsh togʻ jinslari, valunlar, qumtoshlar, qum va h. k. dan iborat. Suv-muzlik yotqiziklari muzlik ichida va chekkalarida erigan suv oqimi bilan hosil boʻladi. Muzlik yotqiziqlarining barcha turlari murakkab birikmadir. Antropogen davrida katta materik muzliklari bepoyon maydonlarni krplab yotgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x