MOGADISHO

MOGADISHO (mahalliy nomi Xamar) — Somali poytaxti. Benadir viloyatining maʼmuriy markazi. Hind okeani sohilida joylashgan. Aholisi 900 ming kishi (1996). Iklimi subekvatorial iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 28°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin 400 mm dan ziyod. Mamlakatning asosiy porti (chetdan sanoat xom ashyolari, mashina, jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi). Aeroporti xalq,-aro ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning eng yirik sanoat markazi, ishlab beruvchi sanoat korxonalarining 1/2 qismi shu yerda. Neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, sut mahsulotlari z-dlari, goʻsht va un tortish k-tlari ishlamoqda. Koʻnpoyabzal, parfyumeriya, tamaki, gugurt, paxta tozalash f-kalari, kemasozlik va kema taʼmirlash korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan.

Shaharga 12-a. da arab va fors savdogarlari tomonidan asos solingan. Keyinroq Afrikaning sharqiy sohilidagi yirik savdo markazi boʻlgan. 12—17-a. larda Mogadisho davlati poytaxti, 17-a. da Ummon sultonligi qoʻl ostida boʻlgan. 1905—60 y. larda Italiya Somalisining maʼmuriy markazi. 1960-y. dan mustaqil Somali poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan shahar markazida minorali masjid (1238), Faxriddin masjidi (1269, qrldiqlari), munitsipalitet (1905) saqlangan. Yangi shahar qismida sanoat korxonalari, aeroport, port, sport va sogʻlomlashtirish zonalari joylashgan. Milliy teatr, Xalq saroyi, Milliy un-t, kollejlar, dengizda suzish va baliq ovlash maktabi, i. t. muassasalari, tibbiyot va tropik gigiyena jamiyati, Milliy un-t kutubxonasi, Milliy muzey va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x