MICHOAKAN

MICHOAKAN, Michoakande-Okampo — Meksikaning jan.-gʻarbiy qismidagi shtat. Tinch okean sohilida, Lerma va Balsas daryolari havzasida joylashgan. Mayd. 59,9 ming km2. Aholisi 3979 ming kishi (2000). Maʼ-muriy markazi — Moreliya sh. M. hududining yarmidan ortiq qismi Meksika togʻligining jan.-gʻarbiy chekkasidagi koʻllar qavzasidan iborat. Sohil boʻylab Syerrade-Koalkoman tizmalari (eng baland joyi 2764 m) joylashgan. Seysmik faol hudud. Ikdimi togʻtropik iqlim. Meksika togʻligida oʻrtacha oylik t-ralar 20°, yillik yogʻin 900 mm. Ichki r-nlarda chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda sernam barg toʻkuvchi va doim yashil tropik oʻrmonlar oʻsadi.

Iqtisodiyotning asosini q. x. tashkil etadi. Sugʻoriladigan yerlarda paxta, sholi, shakarqamish, qulupnay, kartoshka, sabzavotlar, gladiolus (eksport uchun) ekiladi. Uruapan sh. atroflarida kofe, Balsas daryosi quyilish joyida tropik mevalar yetishtiriladi. Togʻlarda makkajoʻxori, dukkakli ekinlar ekiladi. Baliq ovlanadi. Kimyo, oziq-ovqat, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Sohil boʻylab portlar, kema verfi, metallurgiya k-ti qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x