MNEMOTEXNIKA

MNEMOTEXNIKA (yun. mneme – xotira, techne — mahorat) — insonning eslab qolish qobiliyatini namoyish etuvchi sirk yoki estrada tomoshasi. Turli narsalar nomini, hujjat yoki pul kupyuralarini, sonini maxsus ishlab chiqilgan uslub yordamida eslab qolish va aniq aytib berishga asoslangan Mnemotexnika tomoshasini, odatda, ikki kishi ijro etadi. Birinchisi tomoshabinlarning qoʻlidagi turli narsalar (roʻmolcha, kalit, koʻzoynak, soat va h. k.)ni koʻrsatib, savol beradi, ikkinchisi esa koʻzi bogʻlangan holda koʻrsatilgan narsalarni yoki son raqamlarini bexato aytib beradi. Mnemotexnika asosini turli shifr (kod)lar tashkil etib, ular tomoshabinga sezilmaydigan intonatsiya, savolning tuzilishi, maxsus tovush signallari orqali birinchi ijrochidan ikkinchisiga yuboriladi. Mnemotexnika sanʼatiga 18-a. da fransiyalik mashhur fokuschi Pinetti asos solgan. 20-a. da Mnemotexnika ningrivojlanishigaArrago, I. Sun va G. Agaronovlar katta hissa qoʻshdilar. Oʻzbek sirkida Ye. va A. Shohqulovlar, F. va Sh. Rajabovlar, P. Egamberdiyev faoliyat koʻrsatib kelishmoqda. Mnemotexnika sanʼati anʼanaviy sirk guruxlari da-sturida ham uchraydi.

Poʻlat Toshkanbayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x