MARVARIDGUL

MARVARIDGUL (Convallaria) — pi-yozguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, ekma gul. Baʼzan mustaqil tur sifatida ajratiladigan may M. (S. majalis) turi ekiladi. Marvaridgul namsevar, ildizi gorizontal joylashadi, 2 yoki 3 ta uzun bandli choʻziq ildizoldi barglari mavjud. Ildizpoyasidan oʻsib chiqqan bachkilari orqali koʻpayadi. Gulbandi (20 sm)ning bir tomoniga xushboʻy oq gullar joylashgan. May—iyun oylarida gullaydi. Mevasi dumaloq, qizil, sersuv. Marvaridgul salqin, chirindiga boy qumlik joyni va tez-tez sugʻorib turishni talab qiladi. Oʻrta Osiyo sharoitida bachkilarini mart oyi boshlarida koʻchat qilgan maʼ-qul. May Marvaridgul dorivor oʻsimlik sifatida ishlatiladi. Uning yer ustki qismi tarkibida yurak glikozidlari (asosan, konvallatoksin va konvallazid) bor. May Marvaridgul manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Marvaridgulning qatmaqat, pushti gulli xillari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x