MANJANIQ

MANJANIQ — toshotar harbiy qurilma. Eshilgan pay, tola yoki junning egiluvchanlik kuchi ostida harakatga keltirilgan. Qad. Yunoniston va Rimda katapulta nomi bilan yuritilgan. Asosan, qalʼa va qoʻrgʻonlarni qamal qilishda qoʻllanilgan. Manjaniq yordamida qamaldagilarga qarata tosh yadrolar irgʻitilgan. Tosh topilmagan kezlarda turli daraxtlardan tayyorlangan gʻoʻla va kundalardan foydalanilgan. Xususan, moʻgʻul bosqinchilari Urganchni 7 oy davomida qamal qilish asnosida tevarak-atrofdan tosh topmay, tutning kundalarini kesib, Manjaniqqa solib shaharga otganlar. Manjaniqdan otilgan tosh, kunda, gʻoʻlalar bir necha yuz metrga borib tushgan. Manjaniq qalʼa, qoʻrgʻon devorlarini buzish, raxna ochish yoki bi-nolarni yakson qilish, shuningdek, qamaldagilarga qiron keltirish uchun ham moʻljallangan. Amir Temur armiyasida xam Manjaniq mavjud boʻlgan. Tikrit, Mordin kabi mustaham qalʼalarni egallashda Manjaniq qoʻl kelgan. Oʻrta Osiyoda 15-a. dan eʼtiboran oʻt sochish quroli — toʻp, zambarakning qator turlari qurollanishdan muhim oʻrin egallashi sababli Manjaniqdan asta-sekin voz kechilgan. Toshotar qurilmaning Manjaniqqa nisbatan kichik turi arroda deb nomlangan.

Ad.: Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Nizomiddin Shomiy , Zafarnoma, T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x