MAKSHEVAT GʻORI

MAKSHEVAT GʻORI — Tojikistondagi gʻor. Zarafshon tizmasining sharkiy qismida, 3000 m balandlikda joylashgan. Silurdevon davriga mansub boʻlgan ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi katga xonadan iborat (bal. 23 m). Gʻor ichiga 11 m kirilgandan soʻng uning bal. 3 m ga pasayadi. Soʻngra gor yana kengayib keyingi xonaga (bal. 10 m ga yaqin) oʻtiladi. Xonadan oʻtgach, gor zinapoya (bal. 3 m li) shaklida pastga yoʻnalgan. Zinapoyadan keyin, sahni va devorlari muz bilan qoplangan xona boshlanadi (uz. 10 m, bal. 15 m). Xonadan soʻng gʻor, muz bilan qoplangan va pastga yoʻnalgan zinapoyasimon pogʻona (bal. 4,5 m) hosil qiladi. Gʻor sahni koʻtarilib, tor tirqish shaklida tugaydi. Muzning mavjudligi va havo haroratining pastligi sababli gʻor ichkarisida doimiy salqin muhit saqlanadi. Gʻorning umumiy uz. 102 m dan ziyod.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x