KOLONLAR (lot. coloni — dehqonlar) — 1) Qad. Rimda qaram aholi toifasi. Quldorlik xoʻjaligi inqiroziga uchragach, yirik yer egalari b-n yersiz va kam yerli dehqonlar oʻrtasida i. ch. munosabatlarining yangicha shakli — kolonat vujudga kelib, Kolonlar mehnatidan keng foydalanila boshlagan. Kolonlar ijaraga yer olib, ijara haqini dastlab pul b-n, soʻngra yetishtirilgan hosilning bir qismi shaklida toʻlaganlar, shuningdek, baʼzi natural majburiyatlarni oʻtashlari lozim boʻlgan;
2) ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada tobe dehqonlarning bir toifasi.