KOJIKODE

KOJIKODE, Kalikut — Hindistonning jan. qismidagi shahar, Kerala shtatida. Aholisi 450 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Arabiston dengizining Malabor sohilidagi port, tropik q. x. mahsulotlari eksport qilinadi. Taxta tilish va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Oʻsimlik moyi, parfyumeriya, sellyuloza ishlab chiqariladi. Baliqovlanadi. 16 — 17-a. larda hunarmandchilik usulida mitkal (kaliko) toʻqish bilan mashhur boʻlgan (shahar nomi ham shundan). Ibn Mojid 1498-y. da Vasko da Gama boshchiligidagi kemalarni Hind okeani orqali Kojikodega olib oʻtgan. Oʻsha vaqtda shahar Hindistonning yirik savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri edi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x