KOLAS

KOLAS Yakub [asl ism-sharifi Konstantin Mixaylovich Miskevich; 1882. 22. 10 (3.11), Minsk viloyati — 1956.13.8., Minsk] — shoir va jamoat arbobi. Belorussiya xalq shoiri (1926). Zamonaviy belorus adabiyoti asoschisi. Belorussiya FA akad. (1928), vitse-prezidenti (1929—56). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Erksizlar qoʻshigʻi» (1908). «Hasrat qoʻshiklari» (1910). «Yangi yer» (1923), «Musiqachi Simon» (1925) dostonlari fukarolar urushiga bagʻishlangan. «Balikchining uyi» (1947) dostoni, «Ayrilishda» (3-kitob —1923, 1927, 1954) trilogiyasida qishloq hayoti aks ettirilgan. Kolas asarlari belorus folklori va rus adabiyoti anʼanalariga yaqin. 1941—43 yillarda Toshkentda yashagan, Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Shayxzoda va b. b-n ijodiy hamkorlikda ishlagan. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiga oid materiallarni yigʻish, oʻrganish va nashr etish bilan shugʻullangan. Toshkentda yozgan «Oʻrmonda sud» (1943), «Qasos» (1945) dostonlari va qator sheʼrlarida oʻzbek xalqi hayoti, uning urush yillarida koʻrsatgan jasorati, Oʻzbekiston manzaralari madh etilgan. «Tanlangan asarlari» oʻzbek tilida (F. Gʻulom, Shayxzoda, Zulfiya, va b. tarjimasida) nashr qilingan (1943). «Talash bobo» qissasi va «Zamin ovozi» sheʼrlar kitobi oʻzbek tilida bosilgan (1962, 1983). Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan (1942).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x