KEMBRIJ MAKTABI

KEMBRIJ MAKTABI — iqtisodiy nazariyada 19-a. oxirida paydo boʻlgan yoʻnalishlardan biri. Asoschisi Kembrij unti siyosiy iqtisod kafedrasiga 1885—1908-y. larda rahbarlik qilgan Kembrij maktabi Marshall. K. m. ning asosiy qarashlari A. Marshallning «Ekonomiks prinsiplari» (1890) asarida bayon etilgan. Kembrij maktabi gʻoyalari keyinchalik Marshallning izdoshlari A. S. Pigu va D. X. Robertson hamda neoklassik yoʻnalish namoyandalari tomonidan rivojlantirildi. Kembrij maktabi siyosiy iqtisoddagi klassik maktab gʻoyalarini (erkin tadbirkorlik, xususiy mulk ustuvorligi, erkin narxlar, raqobat, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va b.) rivojlantirdi va marjinalistik qarashlar bilan uygʻunlashtirdi. Kembrij maktabi namoyandalari qarashlarida meʼyoriy naflilik nazariyasiga asoslanadigan narx nazariyasi, bozor muvozanati muhim oʻrinni egallaydi. Bozor munosabatlarining 3 asosiy negizi — narx, talab va taklif oʻzaro bogʻliklikda qarab chiqiladi. Klassik maktab vakillari asoslab bergan qiymatning mehnat nazariyasi qatʼiyan rad etiladi va mahsulotning nafliligi va noyobligi birinchi oʻringa qoʻyiladi. Narx eng yuqori naflilik asosida aniqlanadigan talab bahosi va chegaralangan xarajatlar bilan aniqlanadigan taklif bahosi kesishgan nuqta tarzida sharhlanadi, A. Marshall oʻzining narx nazariyasiga asoslangan holda jamiyatda iqtisodiy tangliklar, inqirozlar, ishsizlik va qashshoqlik uchun obyektiv sabablari yoʻkligini isbotlashga harakat qiladi. A. Marshall asarlari iqtisodiy nazariyadagi mikroiqtisodiy yoʻnalishga asos soldi (q. Mikroiqtisodiyot). Pigu iqtisodchilar orasida birinchi boʻlib, chegaralangan daromadlar nafi pasayib borishini asoslab, daromadlarni adolatli taqsimlash asosida «umumiy farogʻat davlati» konsepsiyasini olgʻa surdi. Kembrij maktabi gʻoyalari 20-a. ning 30-y. lariga qadar iqtisodiy nazariyada asosiy mavqeni egallab keldi (yana q. Neoklassik iqtisodiy nazariya).

Ad.: Marshall A., Prinsipы politicheskoy ekonomii, M., 1993.

Abduxalil Razzoqov, Sanobar Yoʻldosheva.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x