KARKIDON SUV OMBORI

KARKIDON SUV OMBORIFargʻona viloyati Quvasoy daryosidagi gidrotexnika inshooti. Suv ombori Fargʻona viloyati Kuva tumani bilan Qirgʻiziston Respublikasi chegarasida, Nazarota togʻoldi bilan Quvasoy vodiysi adirlari oraligʻidagi tabiiy botikda qurilgan. Birinchi navbati 1961—63 y. lar oxirida, ikkinchi navbati 1967-y. da qurib bitirildi. Karkidon suv ombori toʻgʻoni bal. 70 m, uz. 420 m. Umumiy hajmi 218,4 mln. m3, foydali hajmi 211,5 mln. m3; suv yuzasi mayd. 9,65 km2; maksimal uz. 5,5 km; oʻrtacha chuq. 36,7 m. K. s. o. dan suv chiqarish inshooti (uz. 340 m) va maxsus kanal (uz. 2,7 km, chuq. 2,7 m, suv oʻtkazish imkoniyati 50 m3/s) orkali suv Janubiy Fargʻona kanalita oqib oʻtadi. Karkidon suv omboriga suv uz. 27 km boʻlgan kanal orqali beriladi. Suv ombori qurilishi Fargʻona viloyatining Quva, Oxunboboyev, Oltiariq, Fargʻona tumanlari ekin maydonlari suv taʼminotini yaxshiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x