KALUGA

KALUGA — RFdagi shahar, Kaluga viloyati markazi. Oka daryosi boʻyidagi pristan. T. y. stansiyasi. Aholisi 361,5 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kaluga, dastlab, Litva knyazi Olgerd yorliqlarida 1371-y. da tilga olingan. U Moskva davlatining jan. gʻarbiy chegarasidagi qalʼa sifatida vujudga kelgan. 17—19-a. larda muhim savdo markazi. Kaluga Siolkovskiy K. da yashagan va oʻsha yerda dafn qilingan. Shaharda «Kaluga turbina z-di» birlashmasi, yoʻl mashinalari va gidroprivodlar i. ch. birlashmasi, transport mashinasozligi, avtomotoelektr jihozlari, priborsozlik, radio jihozlari, radiolampa z-dlari ishlab turibdi. Yogʻochsozlik («Gigant» birlashmasi) rivojlangan. Klavishli musiqa asboblari, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Yengil, kimyo sanoati tarmoqlari bor. Ped. in-ti, drama teatri, oʻlkashunoslik, badiiy, K. E. Siolkovskiy nomli kosmonavtika tarixi muzeyi va uning filiali — Siolkovskiy uy-muzeyi mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x