BURHONIDDIN XOJA

BURHONIDDIN XOJA ibn Ahmad xoja (Oyxoja laqabi bilan mashhur) (? — 1759.15.10) — Sharqiy Turkistondagi Yorkent xonligi hokimi. Ofoqxoja avlodidan. Burhoniddin xoja Xitoydagi Manjur imperiyasi yordamida Yorkent xonligini qoʻlga olib (1755), mustaqil siyosat yurgizishga harakat qiladi. Lekin bunga qarshi manjurlar katta qoʻshin yuborib, ikki yil davom etgan urushlardan soʻng Qashqar, Yorkent va Xoʻtan sh. larini egallashgan. Burhoniddin xoja Badaxshon hokimi Sulton shohhimoyasiga qochgan, biroq Sulton shoh manjurlar tazyiqi ostida uni oʻddirishga majbur boʻladi. Oʻgʻli va xotini Bejin (Pekin)ga olib ketiladi. Burhoniddin xojaning Sayid Muhammad xoja (Sarimsoqxoja) ismli yolgʻiz oʻgʻli Oʻrta Osiyoda manjurlar taʼqibidan jon saklab qoladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x