ZULKIFL

ZULKIFL — Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Asl ismi Bishr. Ayyub (as) ning oʻgʻli. Kaysi qavmga paygʻambar etib yuborilgani haqida Qurʼonda aniq oyat yoʻq. Lekin baʼzi rivoyatlarda rumliklar iymon keltirib unga ergashganliklari naql etiladi. Bu qavm 3. dan uzoqumr kurishni Allohdan soʻrashni iltimos qilgan, Parvardigor Zulkiflning duosini kabul etib, ular «oʻzlari xoxlamaguncha oʻlmaslar, bunga sen ham kafil boʻlgin» degan vahiy keladi. Bishr oʻz qavmiga bu bashoratni yetkazdi. Iloxiy vahiyga oʻzi kafil boʻldi. Shu sababli uni Zulkifl (kafolat sohibi) deb atay boshlaganlar. Irokda al-Xilla yaqinida odamlar 3. ning qabri deb xisoblaydigan ziyoratgoh bor. Boshqa joylarda ham 3. maqba-rasi mavjudligi, jumladan u Termiz yaqinida dafn etilganligi haqida rivoyat qiladilar (q. Zulkifl maqbarasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x