E’tiboringizga Zulfiya Isroilovaning sara sh’erlarini taqdim etmoqdamiz.
Eslatib o’taman, Zulfiya tavalludiga tadbir uyushtirayotgan bo’lsangiz bizda bir necha senariylar bor. Ularni yuklab olish uchun ushbu sahifaga o’ting: Zulfiya tavalludiga bag’ishlangan senariylar to’plami
Bahor keldi seni so‘roqlab
Salqin saharlarda, bodom gulida
Binafsha labida, yerlarda bahor,
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
U ham yosh to‘qdiyu, chekildi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog‘larni qidirib chikdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.
Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldiyu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan,
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana yel bo‘ldiyu, kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab».
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishkqa to‘lib boqardi tongta,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.
Qani o‘sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko‘zingda yosh, turib qolding lol?
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko‘klamda sen parishonhol?»
Qanday javob aytay loldir tillarim,
Baridan tutdimu, keldim qoshingta.
U ham g‘aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.
Alamdan tutoqib daraxtga ko‘chdi,
Kurtakni uyg‘otib so‘yladi g‘amnok.
Sening yoding bilan yelib beqaror,
Gullar g‘unchasini etdilar chok-chok.
Gulu rayhonlarning taraldi atri
Samoni qopladi mayin bir qo‘shiq
Bu qo‘shiq naqadar oshino, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to‘liq.
Bahorga burkangan, sen sevgan elda
Ovozing yangradi jo‘shqin, zabardast.
O‘lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.
Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam.
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
Men o‘tgan umrga
Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa — telbacha suydim.
Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimxob,
Yurak boyligidan qilmabman parvo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima — bildim.
Shu-da bir yashash!..
Sog‘inib
Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik o‘ti tanda yo‘q.
Kuz singari za’far ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.
Shu kunlarda bahorga zorman,
Tanxastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?
Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So‘zlab turar bor dilimni ul.
Shu kunlarda bahorga zorman,
O‘z bahorim kabi bemisol.
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,
Yo no‘noq qo‘l butagan nihol.
Shu kunlarda bahorga zorman…
Balki
Ko‘zingda chaqmoqqa o‘xshash o‘tli nam,
Ranging siniqishi, lab titrashi sir.
Balki, hisni bo‘g‘ib, irodangga jim
Yolvorasan, kuch ber, bo‘lmay deb asir?
Ko‘mib yubormoqchi sen tul yoshliging,
U — faqat yashnashga qodir tabiat.
Balki, baxt bekasi atagan kishing –
Ruhi ham istamas xazoning bevaqt?
Bilsang, daraxtni sindirar bo‘ron,
Nihol bo‘lsa, yana o‘sar gurkirab.
Balki, yo‘q ta’nalar, andisha, gumon,
Baxtga haqqing yutar, diling zirqirab?
Yarim taqdir go‘yo siniq ko‘zgumish,
Hayot taqozosi baxt bekamlikdir.
Balki, to‘kqiz guling bilmasdan so‘lish,
Pok hisning amriga kirmak kerakdir?
Qayda o‘z sevinchim…
O‘qilmagan maktub,
Taqilmagan ziynat
Nodarkorlar ichra yotar kesakday,
Uzoqroq,
Xilvatroq kunjakka irgit
Naq jarroh pichog‘i — kayfing kesarday!
Shunday ham nobutun ko‘ksing qo‘ysin tinch!
Tuhfalardan baland,
Sinchkovlikka yot,
Sevinch!
Qayda o‘sha qaytmovchi sevinch?
Qo‘lga tutolmagum bebaho bisot!
Qatra
Ko‘zdan, so‘zdan, qo‘llardan uzoq
Bukun senga to‘lar ellik yosh.
Go‘yo maysa ellik yoshlik naq —
Ellik yoshday boqadi quyosh.
Qalam, qog‘oz yozuv ham go‘yo
Ellik yoshli yetuk va yaqin.
Hamma real, xayol va ro‘yo,
Hijron, sevgi, yog‘in va chaqin.
(O, arablar! Tasanno sizga,
Hikmatingiz keldi menga qo‘l.
Debsiz. «Eng cho‘ng, uzoq masofa
Dil bilan dil aro yotgan yo‘l».
Shu cho‘ng, uzoq yo‘l boshidan man,
Intilaman qalb bilan qalbga.
Men she’rdan ko‘prik tashlayman
Uzr aytib dono arabga).
Ponamisol yorib taqdiring
Men kirmayman uyingga zinhor,
Zero, hech on baxting va mehring,
Fikring chulg‘ab bermadim ozor.
Lekin bukun do‘stu raqib jam,
Xo, do‘st deb sev, xo raqib deb quv,
Ertaklarda bo‘lganday men ham
Keldim, bo‘lib dilingga g‘uluv.
Darkor emas na poygah, na to‘r,
Qatraga barg ham, kosa ham joy…
Endi seni azob va huzur
Girdobiga olar hoynahoy.
Bo‘sh qadahni qo‘yasan sekin,
Shuhrat-hurmat va sharobdan mast.
Nedur senga yetmayin lekin.
Bir nuqtaga boqasan loqayd,
Go‘yo hamma g‘oyib bo‘lganday
Birdan o‘zing sezasan yolg‘iz.
Qo‘l cho‘zasan sipqormak-chun may,
May tutaydi o‘tsiz, olovsiz.
Tutamog‘i etar betoqat
Va kayfingdan qolmaydi asar.
Chunki qadah tubida tomchi
Bir bulbulning ko‘z yoshi qadar —
Shaffof, quruq, otashga to‘liq
Alangasiz turadi yonib,
Unda shodlik, kayfu safo yo‘q.
Icholmaysan bu mayni qonib.
Kim bilar, u ne? Jigar qoni,
Yig‘lanmagan ko‘zing yoshimi?
Yo bo‘sadan yot lab fig‘onin
O‘t jismiga yashiringan nami?
Yo qo‘rqoq ishq zaif jur’atning
Ikki boshga solgan qamchisi.
Yo ayolning qalbi hovurining
Muzga tegib singan tomchisi.
Nima bo‘lsin, shu yetim qatra,
Menman, menman, men o‘zim faqat,
Sen bu tutoq olovdan saqlan,
Ichma, bu may na kayf, na-da baxt!
1962
Ne baloga etding mubtalo
O’tdi oylar g’am bilan oqibat,
Dil topmadi zarra tasallo.
Firoqingda qoldim tutoqib,
Ne baloga etding mubtalo!
Ko’z ochgani qo’ymaydi alam,
Boshim qo’ysam kuydirar bo’lish.
Yupatolmas kitob va qalam,
Misralarim ko’tarar nolish.
Nahot shuncha mas’um, shuncha pok
Sevishmoqda olam bor shuncha?
Bardosh bermas iroda, idrok,
Tamoman lol aql, tushuncha.
Tog’day bor deb bilgan yuragim
Qush boshicha qolmadi chog’i?
G’amni yengarman deganim sarim
Yana ortar olami, dog’i.
Erib ketmagandim sevgingdan,
Bo’lmaslik-chun baxtingdan dzyudo,
Birga qolish uchun sen bilan
Kuyaman-u, bo’lmayman ado.
Ruhim seni istaydi
Nevara
Nevaram quyunday otilib kirib,
Qalamim tagidan qog’ozni yular.
Damda varrak yasab ko’kka uchirib,
Izidan qop-qora ko’zlari yurar,
Varrak tortar shekil, murg’akni kuch-la
Oyoq tirab siltar dakani kibor
Ayrilib qog’ozdan, she’rdan va hushdan
Boqaman varrakboz jonga baxtiyor,
Naq bobosi siyoq zehnday tiyrak,
Ko’kish alangada yonar sochu qosh.
Borlig’i ezgu bir o’tganda kerak,
Tomirlarda qonmas, kezadi quyosh.
Daka varrak tiniq zangori fazo
Tubiga intilar, sho’ng’ir naq xayol.
Talpingan ko’ksingda, bolakay ne bor,
Sen iqbolga, senga ne tutar iqbol?
Nevara bo’lmasa, odamzod albat,
O’zi kashf etardi, kashf etganday baxt.
Sen qaydasan yuragim
Qalb ishlash yiroqda
Iroda ekan ojiz.
Do’stlar ham ko’p atrofda,
Ammo men yakka-yolg’iz …
Birdan qalbim keksarib,
Qon ham qochdi yuzimdan.
Sen, sirdoshni qidirib,
Xayol ketar izingdan.
Qayga ketding, yuragim,
Bitdi bardosh va toqat.
Suhbatingdir tilagim,
Tilda hasratim qat-qat.
Ko’pdir aytajak so’zim,
O’gitlaringga zormen,
Yig’laysan deb do’stlarim
Ta’na qilar. Netay erkaklarmi?
Sovush bermaydi menga
Yoqib ketganing olov.
Netay, yetmayman senga,
O’rtaga tashlangan g’ov.
Ishqqa maskan yuragim,
Topib ber deb qistaydi.
Nima qilay, berahm-
Ruhim seni istaydi
Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh?
Sog’inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon ular edim yo’l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog’ ‘men eltaman gul.
Keldim. Uzoq qoldim men sokin,
Sening aziz boshingda yolg’iz,
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib keldi tez.
Ko’kda mening boshimda turib,
Go’yo yuragimda qalqdi u.
Kozimdagi yoshimni korib
U ham to’kdi yoshini duv-duv.
Biz yig’ladik tepangda shu kun,
Keldingmi deb ko’tarmading bosh.
Ayt-chi, senla baxtiyor ular
Ko’rganmiding ko’zlarimda yosh?
SENSIZ
Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho’kkanimda tiz,
Farzandlar ko’tardi rejimdan tutib.
Shundan beri tikman. Har nega qalqon,
Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg’uga.
Birov azasida yig’layman qon-qon,
To’yida yayrayman o’xshab ohuga.
Ammo qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg’ular zoriga solganda quloq.
O’zni zaif, chanqoq sezganda goho,
Alamdan beraman javobsiz so’roq:
Tirik ekan nega tashlab ketmading?
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog’i tortmadi sani,
Edi nigohingga bor jannat ochiq,
Seni majnun etib bir yer go’zalali,
Nega meni tashlab ketavermadingmi?
Tirik ayrilishning dog’I nazoratmish,
Xo’rlik kemirarmish umrni chaynab!
Bu-mudhish egovga berardim turish,
Ketsang ham menga jon tuyg’undan aynab.
Bilardim, qaydadir olasan nafas,
Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik.
Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas,
Hozirgi qadaming kechadan katta.
Nega, nega meni tashlab ketmadingmi?
Bilaman, rashk meni etardi halok,
Afzal ko’rganingni qarg’ab o’tardim,
Izingdan yurmasdim soyaday g’amnok,
Hayotda men uchun qolarding tirik,
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.
Ma’yus taqdiringga yashab men sherik,
Mushkul bo’layotir shodlik yaratmoq.
Nega tirik ekan tashlab ketmading,
Tashlab ketmading-da, nazorat ketmading?!
TUN
Tog ‘ortiga o’tib ketdi kun,
Sokin cho’kdi toza, salqin tun …
Men deraza ochganim chorbog ‘,
Sokin uxlar tun ko’rpasida.
Mayin qo’shiq yoyilar har yon,
Esib o’tgan yel o’tkirida.
Suv oqadi allalab tunni,
Hamma uxlar, uyda men uyg’oq,
Parcha qog’oz, kichik bir qalam
Boshim uzra porlaydi chiroq.
Tunda qancha xayol, qancha kuy,
Men berilib quloq solaman.
So’z topolmay ifodasiga,
Rang qidirib shoshib qolaman.
Sof yel esar … Parvona uchar,
Chiroq yordamida o’rgilib,
O’zin urib qismi bo’ladi-yu,
Stolimga tushish.
Men yozaman, yulduzlar o’tar,
Har birisi so’ylar bir ertak.
Mana, Hulkar qarshimda chaqnar,
Yorqin tongdan qilingan darak.
Tun dastur, yana chorbog’dan
Ko’tarilar sahargi tuman.
Men-chi, asta chiroq so’ndirib,
Otayotgan tongni kutaman.
Ko’zlarimda erib ketdi tun,
Yoyiladi davomiyligi juvon kun …