ZOOTEXNIYA (zoo… va yun. techne — sanʼat, mahorat) — q. x. hayvonlarini urchitish, oziqlantirish, saqlash va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish haqidagi fan. Hayvonlarni par-varishlash va ulardan foydalanish boʻyicha tavsiyalar juda qadimda paydo boʻlgan. Odam hayvonlarni qoʻlga oʻrgatib, xonakilashtirgan va ulardan xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalana boshlagan davrdan boshlab 3. haqidagi sodda tasavvurlar shakllana boshladi. Bundan 2700 yil muqaddam yaratilgan «Avesto»ning Gotlar va Vendidat qismlarida yozilishicha, «insonning asosiy vazifasi chorva mollarini koʻpaytirish va saklashdan iboratdir». «3.» atamasini fanga 1848-y. fransuz olimi J. Bodeman kiritgan. 3. 18-a. ning 2-yarmidan fan sifatida shakllangan. Hoz. zamon 3. fani bir qator biologiya, kimyo, fizika, matematika va b. fanlar yutuklari va tadqiqot usullariga tayangan holda hayvonlarni urchitish, oziklantirish, boqish usullarini takomillashtirish asosida chorva-chilik mahsulotlari yetishtirishning eng tejamli texnologiyalarini ishlab chiqadi. 3. agronomiya, veterinariya, q. x. ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan uzviy bogʻliq.
3. 2 qismga: umumiy va xususiy Zootexniyaga boʻlinadi: Umumiy 3. chorva mollarining qamma turi va zotlarini urchitish, oziklantirish, sakdash, nasl-chilik ishi, mahsuldor podalar hamda zotlar yaratish, ulardan samarali foydalanish asoslarini ishlab chiqadi. Uning asosiy boʻlimlari: q. x. hayvonlarini urchitish, oziqlantirish va saklash. Xususiy 3. chorvachilikning ayrim tarmoqlari (qoramolchilik, qoʻychilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, quyonchilik, asalari-chilik, pillachilik va b.)ni yuritish texnologiyasi bilan shugʻullanadi.
3. rivojiga 19-a. da fransuz olimlaridan K. Burjel, J. L. Byuffon, 20-a. ning 1-yarmida nemis olimi K. Kornaxer, shveysariyalik olim U. Dyurst, ingliz olimi J. Xammond, amerikalik olim S. Rayt, J. Lash, rus olimlaridan N. N. Chirvinskiy, P. N. Kuleshov, Ye. A. Bogdanov, M. F. Ivanov, M. I. Pridorogin va b. katta hissa qoʻshdilar.
Oʻzbekistonda 3. muammolari 1910-y. dan boshlab oʻrganila boshladi. 1932-y. da chorvachilik tajriba st-yasi, 1939-y. da Oʻzbekiston chorvachilik i. t. in-ti tashkil etildi. Bu davrda V. I. Gromova, K. K. Sakovskiy, V. V. Zyuzkin, 3. I. Saviskaya, 3. S. Sokolova, T. F. Ta-vildarova, Ye. M. Yershova, P. M. Pushka-rev, V. A. Shchekin, P. F. Kiyatkin va b. ning ilmiy izlanishlarida umumiy va xususiy 3. masalalari oʻrganildi. 1950-y. larda respublikaning birinchi chorvador olimlari yetishib chiqdi (A. Raximov, I. Mavlonov, Y. Kurbonov va b.). 1960—90 y. larda Sh. Akmalxonov, U. Nosirov, professorlar E. Karchevs-kiy, I. Xidirov, 3. Toʻrakulov, T. Ik-romov, M. Ashirovlar (krramolchilikning sut va goʻsht yoʻnalishlarida 3. muammolari), M. Zokirov, R. Valiyev, S. Yusupov (qoʻychilik), S. Azimov (parrandachilik), P. Sobirov (urchitish), K. Karibayev (oziklantirish), U. Nasi-rillayev (ipakchilik) va b. ning naza-riy va amaliy masalalarga bagʻishlangan ilmiy tadqiqotlarida 3. muammolari oʻz aksini topdi. 3. boʻyicha ilmiy maktablar shakllanadi.
Oʻzbekistonda 3. boʻyicha i. t. ishlari Oʻzbekiston chorvachilik, qorakoʻlchalik, ipakchilik i. t. in-tlarida olib boriladi. Toshkent davlat agrar un-ti va Samarqand q. x. in-tida 3. sohasi boʻyicha malakali mutaxassislar tayyor-lanadi. 3. yutuklari va ilgʻor tajribalar «Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi» jur. da yoritiladi.
Ad.: Akmalxanov Sh., Biologicheskiye i zootexnicheskiye osnovы vedeniya molochnogo skota v Oʻzbekistone, T., 1993; Nosirov U. Qoramolchilik, T., 2001; Karchevskiy E., Teoriya i praktika razvedeniya cherno-pestrogo skota v Oʻzbekistone, T., 1994; Toʻrakulov va b., Yilqichilik, T., 1990; Zokirov M. va b., Qorakoʻlchilik, T., 1983; Hamroqulov R., Karibayev K., Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziklantirish, T., 1999.
Ubaydulla Nosirov.