IGNA BALIQLAR

IGNA BALIQLAR (Syngnathus) – dengiz kirpilari oilasiga mansub baliklar urugʻi. Tanasi 6 yoki 7 qirrali, ingichka, uz. 40 sm gacha. Tumshugʻi ingichka va choʻziq, ogʻzi kichik, tishsiz. Dum suzgichlari kichik, qorin suzgichlari boʻlmaydi. Erkagining qornida yoki dum tomonida uvildiriq saqlaydigan kamerasi boʻladi. Bu kameraga urgʻochisi uvildiriq tashlaydi. Uvildiriklarga shilimshiq parda orqali qondan kislorod kelib turadi. 50 tacha turi maʼlum: tropik, subtropik va moʻtadil dengizlarda (jumladan Qora va Kaspiy) da tarqalgan. Iqtisodiy ahamiyatga ega emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x