ZOOPSIXOLOGIYA

ZOOPSIXOLOGIYA, hayvonlar psixologiyasi — psixologiyanint hayvonlar psixikasi, uning namoyon boʻlishi hamda ontogenez va filogenezdagi taraqqiyotini oʻrganadigan boʻlimi. 3. dalillaridan bir qancha fanlar, jumladan, bionika va biokiberneti-kada foydalaniladi. 3. solishtirma psixologiya va etologiyat yaqin turadi. 3. ekologiya, neyrofiziologiya, sezgi organlari fiziologiyasi va b. sohalar bilan uzviy bogʻlangan. 3. 18-a oxiri — 19-a. boshlarida mustaqil fan sifa-tida shakllangan. 3. tarixida 2 qarama-qarshi yoʻnalish boʻlgan. Mexanik yoʻnalish boʻyicha hayvonlar avtomat mashinaga oʻxshatiladi (R. Dekart, J. Lyob va b.) – Antropomorfik yoʻnalish boʻyicha inson psixikasi b-n hayvon psixikasi oʻrtasidagi farq inkor etiladi (J. L. Byuffon, J. B. Lamark, Ch. Darvin va b.). Z. da evolyutsion yoʻnalishning boshlanishi rus olimlari K. F. Rulye va V. A. Vagner ishlari bilan bogʻliq. Zoopsixologiyaning fan sifatida rivojlanishida I. P. Pavlovnchnt oliy nerv faoliyashi toʻgʻrisidagi taʼlimoti muhim ahamiyat kasb etadi. Bu taʼlimot inson psixikasi hatto eng yuksak tuzilgan hayvon psixikasidan sifat jihatdan keskin farq qilishini koʻrsatadai. Bu farq insonning ijtimoiy hayoti, i. ch. fao-liyati va nutqi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x