ZOMIN TUMANI

ZOMIN TUMANIJizzax viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (1962-y. 24 dek. da Jizzax tumani bilan birlashtirilgan, 1964-y. 31 dek. da qayta tuzilgan). Shim. da viloyatning Zarbdor tumani, gʻarbda Baxmal va Jizzax tumanlari, sharqda, shim.-sharqda Yangiobod tumani, jan.-sharqda Tojikston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 2,87 ming km2. Aholisi 120 ming kishi (2001). 3. t. da 2 shaharcha (Dashtobod, Zomin) va 11 qishloq fu-qarolari yigʻini (Beshkubi, Gulshan, Duoba, Navoiy, Obihayot, Tinchlik, Toshkesgan, Chorvador, Shirin, Yangi-hayot, Gʻallakor) bor. Markazi — Zomin shaharchasi.

Tabiati. 3. t. ning shim., markaziy va sharqiy qismi pasttekislik, jan.-gʻarbi qir, adir va togʻlardan iborat. Yer yuzasi shim. dan jan. ga tomon koʻta-rilib boradi. Ikdimi keskin konti-nental, yozi issiq, quruq, qishi bir oz sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1,5°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 350—360 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Adir qismi qumtosh, qum, mergel, lyosslardan tuzilgan, usti chaqirtoshlar bilan qoplangan. Jarlar va yezda qurib qoladigan soylar bor. Bahorda soylar toʻlib oqadi. Shim. va markaziy adirlarning tuprogi lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproklardan, jan. qismidagi adirlar gipsli och boʻz tuproklardan tarkib topgan. Tekisliklarda boʻz, qoʻngʻir tuproq. Tuman hududidagi Zo-minsoy daryosi, Achchisoy, Peshagʻarsoy, Uvolsoy, Turkman, Jaloir, Xoʻjamushkentsoydan sugʻorishda foydalaniladi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shoʻra, shuvoq, yantoq, kovrak, oqquray va b. oʻsadi. Jan. togʻli qismi (Turkiston togʻi)da qalin archazorlar, tabiiy oʻrmonlar bor. 3. t. da Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Zomin xalq bogʻi joylashgan. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, buri, silovsin, chiyaboʻri, tulki, kiyik, arxar, qushlardan burgut, lochin, qirgʻovul, kaklik, oʻrdak yashaydi. Suv havzalarida baliq turi koʻp.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar. Shuningdek, qirgʻiz, rus, tatar, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 42 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 23 ming kishi.

Xoʻjaligi. Q. x. da gʻallachilik va chorvachilik asosiy oʻrinni egallaydi. Tumanda shirkat, fermer, jamoa xoʻjaliklari, 2 oʻrmon xoʻjaligi mavjud. 197 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi. Gʻalla, poliz, sabzavot, yem-xashak ekinlari, kartoshka yetishtiriladi. Pichanzorlar, yaylovlar, tokzorlar va koʻchatzorlar bor. Qoramol, qoʻy-echki (shu jumladan qorakoʻl qoʻylari), ot, parranda boqiladi. 40 dan ziyod xusu-siy, 14 kichik korxona, 40 dan ortiq tijorat doʻkonlari faoliyat koʻrsatadi. 70 dan ortiq umumiy taʼlim maktabi boʻlib 30 mingga yaqin oʻquvchi taʼlim olmoqsa. Litsey, gimnaziya bor. 11 klub, 34 kutubxona, 385 oʻrinli 3 shi-foxona, 8 qishloq davolash ambulato-riyasi, 6 qishloq vrachlik punkti, 5 do-rixona, 94 maishiy xizmat koʻrsatish sho-xobchasi, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab tu-ribdi. Tuman hududidan qad. Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. Ustrusho-na, Zomin, Peshagʻar kabi tarixiy joylar, koʻhna qalʼa qoldiqlari, qad. qabristonlar saklangan. 1932-y. dan «Sharqtongi» gaz. chiqadi (adadi 2000). Tuman hududidan ToshkentSamarqand t. y. oʻtgan. Zomin — Toshkent, Zomin—Jizzax, Zomin — Guliston kabi yoʻnalishlarda avtobus va taksi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x