ZOHIDOV Romen Abdullayevich

ZOHIDOV Romen Abdullayevich (1937—17.12, Toshkent) — geliotexnik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), texnika fanlari d-ri (1984), prof. (1986). Moskva energetika in-tini tugatgan (1961). Shu in-tda katta ilmiy xodim (1966 — 69), Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-tida katta ilmiy xodim (1969—71), Ilmiy asbobsozlik loyi-ha – konstruktorlik va texnologiya Mar-kaziy byurosi direktori (1971 — 86), Energetika va avtomatika in-ti direktori (1986-y. dan). Ilmiy ishlari, asosan, yuqori t-rali geliotexni-kaning dolzarb masalalariga, yuqori potensialli jamlovchi tizimlar na-zariyasini hisoblash, loyihalash va yaratish texnologiyasi hamda ularni ma-teriallarni sinashda, mahsulotlar va energetik qurilmalarda qoʻllashga ba-gishlangan. Zohidovning ilmiy ishlaridan quyosh elektr st-yasini (Qrim), yuqori t-rali issiqlik fizikasi kompleksini (Mahachqala sh.), Quyosh pechini (Yerevan), yuqori t-rali stendlarni («Kvant» IICHB) yaratishda foydalanilgan.

As: Texnologiya i ispыtaniya gomotexni-cheskix konsentriruyuщix sistem, T., 1978. Nurli energiya konsentratsiyasining koʻzguli tizimlari, T., 1986; Sanoatda energotejamkorlik, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x