ZIZIFUS

ZIZIFUS (Zizyphus) — jumrutdoshlarga mansub daraxt yoki butalar turkumi, ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika va Avstraliyaning tropik va subtropik hududlarida 100 ga yaqin turi oʻsadi. Oʻrta dengiz va Sharqiy Osiyoda Mavritaniya Z. i (Z. mauritiana) va chin yuyubu yoki unabi (Z. jujuba) ekiladi. Qurgoqchilikka, issiqqa va sovuqqa chidamli. Yengil tuproklarda yaxshi usadi. Mevasida (jiydasida) kand, S vitamini koʻp, yangiligida yeyiladi, quritiladi. Sukatlar, kompot, pastila tayyorlanadi. Oʻrta Osiyoda unabi turi oʻstiriladi (q. Chilonjiyda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x