ZIYODULLAYEV

ZIYODULLAYEV Saidkarim (1913. 15. 10, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi (1973), yqtisod fanlari dri (1966), prof. (1982). Moskva kommunal qurilish intini tugatgan (1938). Oʻzbekiston Qurilish materiallari sanoati vaziri (1946—48), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari va Davlat plan komiteti ning raisi (194855; 195774), Oʻzbekiston shahar va qishloq qurilishi vaziri (1955—56), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari va Mirzachoʻl yerlarini sugʻorish va oʻzlashtirish Bosh boshqarmasi boshligʻi (1956—57). Oʻzbekiston FA ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi raisi (1974—89), Iqtisodiyot intida maslahatchi (1989-y. dan). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston sanoati va uni rivojlantirish masalalari, rejalashtirish, kapital qurilish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, muammolariga bagʻishlangan. «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x