ZIRH POʻLATI

ZIRH POʻLATI — harbiy mashinalar va obyektlarni himoya qilish uchun ishlatiladigan poʻlat. Legirlangan poʻlat jumlasiga kiradi. Tarkibida 2,5% gacha xrom, 3% gacha nikel, 0,6% gacha molibden, 0,2% gacha vanadiy, 1,5% gacha marganes va 2% gacha kremniy boʻladi. Harbiy obyektlar uchun koʻpincha 20—200 mm qalinlikdagi prokatlangan, prokatlangan bolgʻalangan yoki quyma plitalar koʻrinishidagi 3. p. dan foydalaniladi. 3. p. texnika maqsadlarida, mas, elektr kabellarini turli zarblardan himoya qilish uchun ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x