ZIKR

ZIKR (arab. — eslash, yodga olish) — tasavvufda xudoni yodga olish bilan boglik «samo» marosimi va shu marosimda ijro etiladigan musiqiysheʼriy turkum. Musulmonlar orasida 10—11a. larda shakllangan. Ilohiyotchilar Allohni yodga olish zarurligini Qurʼoni karimning «Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur» (13:28) degan koʻrsatmasi bilan bogʻlaydilar. Zikrning asosiy falsafiyestetik maqsadi vajd (ekstaz), yaʼni insonning musiqa, sheʼr va raqs vositasida oliy Haqiqat (Tangri) bilan hissiyruhiy birlashib, uygʻuklashib ketishidir. Turli xil tasavvuf tariqatlarida Zikrning xilmaxil koʻrinishlari ishlatiladi. Mas, Turkistonda eng koʻp tarqalgan naqshbandiya tariqatida «Zikri jahriy» («Oshkora, katta 3.» yoki «Xonakryi» deb ham ataladi), «Zikri xafiy» («Yashirin, kichik 3.», tor doirada ijro etilgan), «Zikri adadiy» («Sanokli 3.»), «Zikri alloniya» («Eʼlonli 3.»), «Zikri dil» kabi turlari qoʻllanilgan. Jaloliddin Rumiy asos solgan mavlaviya tariqatida 3. marosimiga musiqiy asboblar va raqslar keng jalb qilina boshlangan.

Naqshbandiya tariqatida Z«ikri jahriy» turkumining asosiy qismlari usullarning zarblariga koʻra, «Yakzarb», «Duzarb», «Sezarb», «Chorzarb» deb atalgan. Asosiy qismlarning oʻzgartirilgan koʻrinishlari «Chopqin» deb yuritilgan. Zikr ningboshlanishi, asosiy qismlar oraligʻi va turkum yakunida Qurʼon suralari rechitativ (nutqdosh) uslubida kuylanadi. Turkumning qismlari kuyohang, usulritmik tuzilmalari Sharq xalklari musiqa merosi, xususan, oʻzbek ashula janriga taʼsir koʻrsatgan. 3. mavlud va b. diniy marosimlarning tarkibiy qismiga aylangan. Oʻzbekiston kompozitorlaridan Ik. Akbarov («Shoir xotirasiga» poema), A. Kozlovskiy («Ulugʻbek» operasi) va b. 3. usul-ohanglaridan foydalanishgan.

Abdumannon Nazarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x