ZIGMONDI

ZIGMONDI (Jigmondi; Zsigmondy) Rixard Adolf (1865.1.4, Vena — 1929.23.9, Gyottingen) — avstriyalik fizikkimyogar. Gyottingen un-ti organik va kolloid kimyo kafedrasi prof. (1903—07), Gyottingen un-ti Anorganik kimyo inti direktori (1908—29). Immersion ultramikroskopni ixtiro qilgan (1913), kolloid eritmalarning mikrogeterogen tabiatini aniqlagan. Adsorbent gʻovaklarida suv bugʻi kapillyar kondensatsiyasi nazariyasini olgʻa surgan (1911). Yorugʻlik nuri analizatori, membranali (1918) va oʻta mayda filtrlar (1922) ixtiro qilgan. Boʻyagichlar va rangli shishalar olish usullarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1925).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x