ZEYEMAN EFFEKTI

ZEYEMAN EFFEKTIatom va atom sistemalarining magnit maydonda energiya sathlari va spektral chizik,larining ajralishi. P. Zeyeman natriy bugʻining magnit maydonida yorugʻlanishini tekshirish paytida kashf etgan (1896). 3. e. ning sodir boʻlishiga magnit momentiga ega atom sistemasining tashqi magnit maydonida qoʻshimcha energiya olishi sabab boʻladi. Natijada uning energiya satxlari va, demak, spektr chiziklari ajraladi. 3. e. ni kuzatish uchun P. Zeyeman bir jinsli, kuchli (10—15000 ersted) elektromagnit qutblari orasiga chizik,li spektr manbai (mas, vakuum yoyi) joylashtirib, undan chiqayotgan yorugʻlik nurini katta ajratish kuchiga ega boʻlgan spektral apparat S ga yoʻnaltirgan. Hyp qutblanishini kuzatish uchun uning yoʻliga analizator joylashtirilgan. Qutblantirgich vazifasini magnit maydoni bajargan. Hodisa ikki yoʻnalishda: maydonga tik va maydon yoʻnalishida kuzatilgan. Oddiy chastota v li atom spektrlari (mas, N, Zn, Cd) magnit maydoniga kiritilgandan soʻng maydon yoʻnalishi boʻyicha v—Av va v+Av dubletiga va maydonga tik yoʻnalish boʻyicha kuzatilganda esa V—Av, v va v+Av tripletiga ajralgan. 3. e. elektronlarning mavjudligini va atomlarning murakkab tuzilganligini isbotlashda juda muhim rol oʻynadi. U elektronlar qobigʻidagi elektron magnit momenti proyeksiyasining diskret qiymatiga bogʻliqboʻlgan energetik darajasi haqida ham bevosita maʼlumot beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x