ZEBO PARI

ZEBO PARImaqom shoʻbalarida va mumtoz ashulalarda namud oʻrnida qoʻllaniladigan mashhur avj. Taxminlarga koʻra, bu avjni Zebo pari taxallusli fargʻonalik mashhur xonanda va sozandabastakor Abdurahmon (19a.) ijod qilgan deb hisoblaydilar. Aslida u bu avjni zoʻr ehtiros va mahorat bilan ijro etganligi sababli avjga Zebo pari nomi berilgan. Buzruk maqomining Buxoro Irogʻi, Rostning Savti Sabo, Savti Kalon shoʻbalarida, Ushshoqi Xoʻqand ashulasida, Iroq maqomining Saraxbori Iroq, Chanbari Iroq shoʻbalarida Zebo paridan foydalanilgan. Zebo pari ohanglari kiritilgan shoʻbalarning doira usuliga moslab olinadi hamda ashula yoʻllari tarkibida turli koʻrinishlarda uchraydi. Zebo pari xonandalarning choʻqqi pardalarga chiqish, ovoz va badihagoʻylik mahoratlarini namoyish etishlarida keng imkoniyatlarga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x