ITBINAFSHA

ITBINAFSHA, itgunafsha (Veronica arvensis) — sigirquyrukdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Poyasi oddiy (shoxlanmagan), 5—10 sm. Barglari yuraksimon, tuxumsimon, kungurali, barg bandi juda qisqa. Yondosh barglari bandsiz, tekis qirrali, nashtarsimon. Toʻpguli boshoqsimon. Gulbandi qisqa. Gultoji och havo-rang. Mevasi koʻsak, tukli bezlar bilan qoplangan, 15—20 urugʻli. Urugʻi tuxumsimon. Alr. da gullab, mayda urugʻlaydi.

Adirlarda, ekinlar orasida uchraydi. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz atroflari va Shim. Amerikada oʻsadi. Boshqa oʻtlar bilan oʻrilgan Itbinafshani mollar yaxshi yeydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x