ZAYONCHKOVSKIY (Zajaczkowski) Ananiash (1903.12.11, Vilnyus — 1970.6.4, Rim) — polyak sharqshunosi. Polsha FA akad. (1952). Krakov untining sharq ftida oʻqigan (1925 — 29). Varshava un-ti prof. (1935). Polsha FA Sharqshunoslik inti direktori (1953— 68). 3. turkiy xalqlarning tili, tarixi, madaniyatiga oid koʻpgina asarlar muallifi. Mamluklar davlati, Xazar xoqonligi, Oltin Oʻrdaning etnik tarkibiga bagʻishlangan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. U turkiy xalqlarning tarqalish yoʻllarini, usmonli turklar adabiy yodgorliklari va paleografiyasini oʻrgangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые