LYUMINES SINSIYA

LYUMINES SINSIYA (lot. lumen – yorugʻlik, esccnt — kuchsiz, sust taʼsirni ifodalovchi qoʻshimcha) — baʼzi moddalariing muayyan t-rada ularning issiklik nurlanishiga nisbatan kuch-liroq boʻlgan, yorugʻlik tebranishlari davridan ancha ortiq vaqt davom etadigan (doimiy issiklik nurlanishidan farqli) nurlanishi. Issiqlik nurlanishi juda past t-ralar (uy t-rasi) da ham Lyumines sinsiya shiddat bilan hosil boʻlishi mumkin. Shu sababli uni, odatda, «sovuq» nurlanish deb ham yuritiladi. Bu nurlanish yorugʻlik, radioaktiv nurlanishlar, rentgen nurlanish, elektr maydon uygʻotadigan, shuningdek, kimyoviy jarayonlar va mexanik taʼsirlar natijasida hosil boʻladi. Lyumines sinsiya nurlanish spektri koʻzga koʻrinadigan nurlanish, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishning yaqin diapazonlarida mavjud boʻladi.

Shimol yogʻdusi, chiriyotgan daraxt, baʼzi hasharotlar (biolyuminessensiya), minerallarning Lyumines sinsiya lanishi qadimdan maʼlum boʻlgan. Lekin Lyumines sinsiya hodisasi 19a. oxirlarida oʻrganila boshlandi. V. K. Rentgeniing turli moddalarning shuʼlalanishini oʻrganish yuzasidan oʻtkazgan tajribalari rentgen nurlari kashfiyotiga, A. Bekkerelntg 1890-y. da lyuminoforlarni tadqiq qilish sohasidagi ishlari radioaktivlik hodisasini aniklashga sabab boʻldi. Lyumines sinsiya qonuniyatlarini oʻrganish va uni turli sohalarda ishlatishda S. I. Vavilov tashkil qilgan fiziklar maktabi muhim hissa qoʻshdi. Odatda, lyuminessent nurlanish uchta asosiy jarayon tufayli vujudga keladi (rasmga k,.).

1) elektron, atom va molekula tashki energiya taʼsirida asosiy holat 1 dan uygʻonish holati 3 ga oʻtadi; 2) elektron, atom va molekula uygʻonish holati 5dan nurlanmasdan metastabil holat 2 ga tushadi;

3) elektron, atom va molekula metastabil holati 2 dan asosiy holat 1 ga kuchli nur chiqarib oʻtadi. Bulardan tashqari, Lyumines sinsiyani hosil qiluvchi bir nechta kvant oʻtish yoʻllari mavjud. Mac, zarralar uygʻonish holati 3 ga oʻtmasdan unga yaqin holatlarga oʻtib, bir butun yoʻlak (polosa) hosil qilishi mumkin; zarralar toʻgʻridan-toʻgʻri holat 3 dan asosiy holat 1 ga qaytib tushishi mumkin (rezonans nurlanish). Koʻpincha, zarralar metastabil holat 2 dan 1 ga emas, qoʻshimcha holat /ʻ ga oʻtishi va keyinchalik nurlanish chiqarmay /ʻdan 1 holat (/ʻ-» 1) ga utishi mumkin. Agar energiya uzatishning yakunida rekombinatsiya jarayoni (yaʼni elektron va ion, elektron va kovak birlashuvi) mavjud boʻlsa, bunday nurlanishni rekombinatsion Lyumines sinsiya deyi-ladi. Shuʼlalanishning davom etish vaqtiga qarab, Lyumines sinsiyani fluoressensiya (qisqa vaqtli shuʼlalanish) va fosforessensiya (uzok, vaqtli shuʼlalanish) xillariga boʻlinadi. Lyuminessent nurlanishga olib keluvchi elementar ja-rayonlarga qarab, Lyumines sinsiyaning spontan, majburiy (metastabil) va rekombinatsion turlari bor.

Ld.:Prinsgeym P., Fluoressensiya i fosforessensiya, [per. s angl. ], M, 1951; Vavilov S. I., Sobr. soch.,t. 1—2, M, 1952; Fok M. V., Vvedeniye v kinetiku lyuminessensii kristallofosforov, M. 1964; Lan-lsberg G. S, Optika, M., 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x