Zayniddin Mahmud Vasifiy

Tarjimai hol

Zayniddin Mahmud Vasifiy — shoir, fors tilida ijod qilgan, Shayboniylar Davlati davri tarixchisi.

1485 yil Hirotda tug‘ilib, 1551 yoxud 1566 yil Toshkentda vafot etgan va shu yerga dafn etilgan.

Uning hayoti haqida ma’lumotlar ko‘p emas. Aytishlaricha, u o‘ziga to‘q oilada tug‘ilib, ona shahridagi madrasada ta’lim olgan, biroq keyin O‘rta Osiyo shaharlari bo‘ylab sayohatga yo‘l oladi. Turli vaqtlarda u Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlarda yashagan, har xil lavozimlarni egallagan: u masjid imomi, uy muallimi va tarbiyachisi bo‘lgan, har xil hukmdorlar xizmatida saroy shoiri bo‘lgan. 1518 yil u Shohruhiyaga Suyunxo‘jaxon saroyiga uning o‘g‘li Keldi-Muhammadxonga tarbiyachilik qilish uchun majburan olib keltirilgan, 1525 yil otasining o‘limidan so‘ng u bilan Toshkentga ko‘chib o‘tadi; avvalgi tarbiyalanuvchisining vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Abul-Muzaffar Xasan sultonga tarbiyachilik qiladi. Garchi, 1537 yil Issiq ko‘lga yaqin bo‘lgan qozoqlarga qarshi qo‘shin tarkibida bo‘lsada, bu davr mobaynida u Toshkentni, deyarli tark etmaydi. Uning o‘limi bilan bog‘liq aniq sana va vaziyatlar noma’lum.

Vasifiyning yagona asari “Badi ul-Vaqoi” (o‘zbek tilidagi eng taniqli tarjimai ko‘rinishi “G‘ayrioddiy hodisa”) sanalib, u mazkur asarni butun hayoti davomida to‘ldirgan va tahrirlagan. Bu kitob tarixiy, nodir, epistolyar, tarjimai hol janrlarini o‘zida jamlangan, yangiliklar tavsifi va “g‘ayrioddiy hodisalar”, shuningdek, Vasifiy muallifligidagi o‘nlab namunalarni o‘z ichiga olgan yirik qaydlar to‘plami hisoblanadi. Kitobning ayrim boblari Shayboniylar sulolasining hukmronligi davriga oid o‘tkir hajviy qarashlarni o‘z ichiga olgan. “G‘ayrioddiy hodisa”da XV-XVI asrlar O‘rta Osiyoning ko‘plab shahar va mamlakatlari hayotining turli jabhalari haqida keng tasavvur taqdim etilib, asar muhim tarixiy manba va adabiy yodgorlik deb topilgan. Kitob Sadriddin Ayniy tomonidan qayta ishlanib, Vasifiyning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan. Natijada, olim A.N. Boldirev tomonidan “G‘ayrioddiy hodisalar”ning tanqidiy matni tayyorlangan va chop etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x