ZARIFOV Hodi Tillayevich

ZARIFOV Hodi Tillayevich (Hodi Zarif) (1905.20.3 — Toshkent — 1972.13.1) — oʻzbek folklorshunosligi asoschisi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi asarlarining toʻplovchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), filol. fanlari dri (1965), prof. (1967). Eski va yangi usuldagi maktablarda boshlangʻich taʼlim olgan. Boku oʻqituvchilar seminariyasida oʻqigan (1923—26). Oʻzbekistondagi maorif, va madaniyat muassasalarida ishlagan (1926—30). Moskvadagi sobiq Ittifoq xalqlari markaziy muzeyida ilmiy xodim (1930—31), Oʻzbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot inti etnografiya shoʻbasi boshligʻi (1931—34), Oʻzbekiston FA Til va Adabiyot intida folklor boʻlimi mudiri (1934 — 39; 1956—65; 1960—72), direktor (1944— 48), direktor oʻrinbosari (1955—62), ensiklopediya boʻlimi boshligʻi (1965— 68), Navoiy koʻrgazmasi (Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi)ning birinchi direktori (1939—56), Sharq qoʻlyozmalari (Sharqshunoslik) intining direktor oʻrinbosari (1943—44), Navoiy ijodini oʻrganish qoʻmitasining ilmiy kotibi (1957—72). 3. oʻzbek xalq baxshilaridan «Yusuf bilan Ahmad», «Yodgor», «Ravshan», «Rustamxon», «Ochildov» kabi mashhur dostonlarni yozib olgan, shuningdek, ertak, qoʻshiq va maqollar, dialektologiya va etn. ga oid materiallar, tarixga oid hujjat va yodnomalar toʻplagan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Xolyor Abdukarim oʻgʻli, Ahmad baxshi Matnazar oʻgʻli, Bola baxshi kabi xalq sanʼatkorlari, ular ijodi haqida ilmiy maqolalar yozgan. Oʻzbek eposi masalalari, baxshilik sanʼati, xalq shoirlarining epik repertuarining gʻoyaviybadiiy mundarijasi, oʻzbek folklorshunosligining asosiy taraqqiyet yoʻlla rini tadqiq etish ga alohida eʼtibor bergan. 3. oʻzbek folklorshunos ligida oʻz maktabi ni yaratdi. Oʻzbek adabiyoti tarixi, dialektologiya, leksikologiya, etn. va arxeologiya masalalariga oid ilmiy ishlar muallifi («Lugʻat ham termin toʻplovchilarga qoʻllanma», 1934; «Lutfiy va Navoiy», 1948; «Folklor va arxeologiya mate riallarini qiyosiy oʻrganishga doyr», 1958 va b.). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi oʻzbek folklori boʻlimiga Zarifovning yodgorlik byusti (muallif A. Shoymurodov, 1984) qoʻyilgan. Toshkent koʻchalaridan biriga uning nomi berilgan. As: Uzbekskiy geroicheskiy epos, M., 1947 (V. M. Jirmunskiy bilan hamkorlikda); Fozillar fazilati, T., 1969. Ad.: Mirzayev T., Hodi Zarif, T., 1967. Toʻra Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x