ZAMBIYA

ZAMBIYA (Zambia) Zambiya Respublikasi (Republic of Zambia) — Markaziy Afrikadagi davlat. Mayd. 752,6 ming km2. Axoliyey 10,3 mln. kishi (2001). Poytaxti — Lusaka sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. 3. — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1996-y. da qabul qilingan. Davlat boshligi — prezident. U umumiy va toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Prezident Vazirlar Mahkamasi raisi hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament — Milliy assambleya, ijrochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. 3. Sharqiy Afrika yassitogʻligida, Jan. yarim sharning subekvatorial mintaqasida joylashgan. Hududida togʻ va tepaliklar uchraydi, aksar qismining bal. — 1000—1350 m. Eng baland joyi — Muchinga togidagi Mumpu choʻqqisi (1893 m). Keng yassi botikdarining kupi Sharqiy Afrika siniklari zonasiga kiradi. Zambiyada mis, rux, qoʻrgʻoshin, vanadiy, temir, uran rudalari, marganes, grafit, oltin, qalay, toshkoʻmir konlari bor. Iklimi subekvatorial. Zambiyada yil davomida aniq uch mavsum kuzatiladi: issiq va quruq (avg. —okt.), iliq va sernam (noyab. — apr.), quruq va salqin (may— iyul). Eng issiq oy (okt.)ning oʻrtacha trasi 23—27°, eng salqin oy (iyul)niki 15—20°. Yillik oʻrtacha yogʻin jan. da 700 mm dan shim. da 1400 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi va uning irmoklari — Kafue va Luangva. Daryolari serostona boʻlganidan kemalar daryolarning baʼzi joylaridagina qatnaydi. Zambezi daryosida Viktoriya sharsharasi bor. Eng yirik koʻli — Bangveulu; Tanganika koʻlining jan., Mveru koʻlining sharqiy qismi ham 3. hududida. Yogʻin koʻproq yogʻadigan joylardagi qizil laterit tuprokli yerlar mavsumiy sernam tropik oʻrmon va baland oʻsadigan oʻtli savannalardan iborat. Quruq iklimli joylarida jigarrang qizil va qizilqoʻngʻir tuproklar tarqalgan. Mamlakat hududining 1/2 qismini siyrak daraxtli quruq tropik oʻrmonlar egallagan. Savannalarda fil, buyvol, karkidon (2 turi), zebra, kiyik, arslon, qoplon, chiyaboʻri va b. bor. Qush va sudraluvchilar (jumladan nil timsohi, kobra va b.) koʻp. Daryo va koʻllari baliqqa boy. Setse pashshasi chorvachilikka katta ziyon yetkazadi. 20 ga yaqin milliy bogʻi (Kafue, SiomaNgvezi, Shim. va Jan. Luangva va b.) bor.

Aholisining 99% bantu oilasining turli guruhiga mansub afrikaliklar; asosiylari bemba, tonga, lozi, lunda, malavi va b. Yevropaliklarning aksariyati ingliz va afrikanerlar. Osiyoliklar ham bor. Rasmiy tilingliz tili. Aholisining 80%i xristianlar boʻlib, ularning koʻplari mahalliy anʼanaviy dinlarga ham eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 42%. Yirik shaharlari: Lusaka, KitveNkana, Ndola, Mufulira.

Tarixi. 3. hududida uzoq oʻtmishda odamlar yashagani maʼlum. Aniklangan yodgorliklar paleolit davriga mansub. Kabve sh. atrofida ibtidoiy inson suyaklari topilgan. Guisho bulogʻi yaqinida va Nachikufu gʻorida istiqomat qilgan kishilar ov va yovvoyi mevalarni terish, baliqchilik bilan shugʻullanganliklari aniklangan. 17—18a. larda Zambiyada bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar hukmronlik qilgan. Bu davrda dehqonchilik, chorvachilik va temirchilik rivojlangan. 18-a. oxirida Zambiyaga portugallar, keyinchalik inglizlar kirib kelgan paytda kichikkichik davlatlar va qabila uyushmalari boʻlgan. Ularning moddiy madaniyati yuqori darajada rivojlangan edi. 19a. ning 90y. larida Zambiyani Britaniyaning S. Rode boshchiligidagi Jan. Afrika kompaniyasi bosib olib, dastlab ikki hududga boʻlib boshqardi. 1911-y. bu ikki hudud Shim. Rodeziya nomi bilan birlashtirildi. 1924-y. Shim. Rodeziya Britaniya protektorati deb eʼlon qilindi. Yirik mis va polimetall ruda konlari topilishi bilan konchilik sanoati rivojlandi, shaharlar va t. y. lar qurila boshladi. Anʼanaviy dehqonchilik tanazzulga uchrab, dehqonlar xonavayron boʻldi. 20—30y. larda mustamlaka tuzumiga qarshi uyushgan holda kurash boshlandi. 1935 va 1940-y. lari mis konlarida yirik gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Noroziliklar qurol yordamida bostirildi. 2jahon urushidan soʻng Shim. Rodeziyada mustamlakachilarga qarshi kurash kuchaydi. Bunga Afrika milliy kongressi, Afrika kon ishchilari kasaba uyushmasi rahbarlik qildi. 1953-y. Rodeziya Federatsiyasi va Nyasalend tuzilib, unga Shim. Rodeziya ham qoʻshib olindi. 1958-y. 3. milliy kongressi Afrika milliy kongressidan alohida partiya boʻlib ajralib chiqdi. Keyinchalik uning asosida K. Kaunda rahbarligida Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi tuzildi (1959). 60y. lar boshida mamlakatda federatsiyadan chiqish va mustaqil davlat tuzish uchun kurash kuchaydi. Natijada Shim. Rodeziya 1964-y. yanv. da oʻzini oʻzi idora qilish huquqini oldi. 24 okt. da esa mustaqil 3. Respublikasi deb eʼlon qilindi va prezidentlikka K. Kaunda saylandi. 1968—69 y. larda 3. hukumati mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida eng yirik chet el savdo, sanoat va mis konlari kompaniyalari ustidan nazorat oʻrnatdi. 1973-y. dagi konstitutsiyaga koʻra, «Zambiya insonparvarligi» siyosiy dasturi qabul etildi. U xususiy mulkchilikni saklab qolgan holda oddiy inson ehtiyojlarini toʻliq qondirish maqsadini qoʻydi. 1991-y. koʻp partiyali asosdagi saylovda F. Chiluba prezidenta etib saylandi. 1964-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlari 1994-y. 1 fev. da oʻrnatilgan. Milliy bayrami — 24 okt. — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1964). Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat, 1990-y. da tuzilgan; Milliy mustaqillik birlashgan partiyasi, 1959-y. da tuzilgan; 3. demokratik kongressi, 1995-y. tuzilgan; Milliy partiya, 1993-y. tuzilgan; 3. kun tartibi, 1996-y. asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun anjuman, 2001-y. da Koʻp partiyali demokratiya uchun harakat partiyasi parchalanishi natijasida tuzilgan. 3. kasaba uyushmalari kongressi 1965-y. da tuzilgan, Umum Afrika kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.

Xoʻjaligi. 3. mustamlakaga aylangan davrdan uning iqtisodiyoti dunyo bozoriga, asosan, Buyuk Britaniyaga fakat mis va polimetallar yetkazib berishga ixtisoslashib, xoʻjaligining boshqa tarmoqlari kon sanoatiga xizmat kilib keldi. Yalpi ichki mahsulotda togʻkon sanoati 9%, i. ch. sanoati 31,8%, q. x. 18% ni tashkil etadi. Sanoati. Togʻkon sanoati va rangli metallurgiya rivojlangan. 3. mis rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Mis 6 yirik kondan kazib olinadi. Mis bilan birga kobalt, kumush va oltin ham chiqadi. Polimetall rudalari va kadmiy, gips, talk va qurilish materiallari konlari ham bor. I. ch. sanoati rangli metallurgiya korxonalaridan tashqari oziqovqat, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, metallsozlik, sement sanoati tarmoqlaridan iborat. Tegirmonlar va novvoyxonalar, kushxonalar, qand zdlari, sut mahsulotlari, sariyogʻ, mol yogʻi va oʻsimlik moyi i. ch. korxonalari, tamaki korxonalari ishlaydi. Kafueda toʻqimachilik, Lusakada paxta tozalash fkalari bor. Kime va neftni qayta ishlash sanoati oʻgʻitlar, boʻyoqlar, loklar, avtoshinalar, plastmassa va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qogʻoz sanoati rivojlanmoqda. Chilanga va Ndoladagi sement zdlari binokorlik ashyolari sanoatida yetakchilik qiladi. KapiriMposhida oyna va shisha idishlar ishlab chikaruvchi zdlar, Luanshyeda elektr simlari, kabel, shpatlar, mis va alyuminiy buyumlari, Lusakada qora metallardan turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zdlar mavjud. Mashinasozlik korxonalari orasida eng yirigi — Livingstondagi avtomobil yigʻuv zdidir. Radioapparatlar, q. x. anjomlari ishlab chiqaruvchi zdlar ham bor. Bir yilda oʻrtacha 7,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chikariladi.

Qishloq xoʻjal i gida mamlakat iqtisodiy faol aholisining 76% band. Gʻallachilik — dehqonchilikning asosi. Asosiy q. x. ekini makkajoʻxori boʻlib, u Lunda, Mazabuka, Tonga platosi, Barotsa tekisligi, Luangva daryosi vodiysi yerlarida, tariq va joʻxori Luapula, Shim. va Shim. gʻarb viloyatlarida, Luangva, Zambezi daryolari vodiylarida yetishtiriladi. Oz miqdorda bugʻdoy ekiladi, u ichki ehtiyojning atigi 10% ini qondiradi. Sholi, paxta, yer yongʻoq, soya, kungaboqar, shakarqamish, tamaki, choy, kofe, meva ham yetishtiriladi. Mamlakat oziqovqatga boʻlgan ehtiyojlarini oʻzi qoplay olmaydi. Chorvachilikdagi mollar asosan yaylovda boqiladi. Yaylovlarda oziq kamligi va setse pashshasining koʻpligi chorvachilikni rivojlantirishga yoʻl qoʻymaydi. Mamlakatda goʻsht, sut va sut mahsulotlari yetishmaydi. 3. hududining 17% ga yaqini oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlardagi qaragʻay, evkalipt daraxtlaridan asosan konchilikda shpal va mustahkamlagich sifatida foydalaniladi, rodeziya tiki (qattiq yogʻoch) ichki bozorni taʼminlaydi va chetga sotiladi. Oʻrmonlardagi daraxtlarni kesish va qayta ishlash bilan davlat kompaniyalari shugʻullanadi. Baliqchilik — afrikalik aholining anʼanaviy mashgʻuloti. Baliq, asosan, Bangveulu, Mveru, Chishi, Tanganika koʻllarida, Kafue, Zambezi, Lua pula daryolarida, Lukanga botqokligida ovlanadi. Transporti. Zambiyada 2 t. y. liniyasi boʻlib, ular davlat tomonidan boshqariladi. T. y. ning uz. — 2,2 ming km. Avtomobil yoʻllari uz. — 37,4 ming km, shundan 14 ming km qattiq qoplamali. Ichki suv yoʻllarining uz. — 2250 km. Ichki porti Tanganika koʻlidagi Mpulungu portidir. 3. hududi orqali Dor ussalom—Ndola neft quvuri oʻtkazilgan. Xalqaro aeroportlari: Lusaka, Ndola, Livingstonda.

3. chetga mis, rux, kobalt, qoʻrgʻoshin chiqaradi. Chetdan mashina va asbobuskunalar, yoqilgʻi, kimyo mahsulotlari, oziqovqat oladi. Asosiy mijozlari: AQSH, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi — kvacha. Sogʻliqni saqlash. Davlatga qarashli davolash muassasalari bepul. Bundan tashqari Lusaka va Kopperbeltda xususiy tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Vrachlar 3. un-ti huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. 3. mustaqillikka erishgach, boshlangʻich maktablarda afrikalik bolalar yevropaliklar bilan birga oʻqitila boshladi. Bolalar 7 yoshdan boshlab 7 y. lik boshlangʻich maktabda oʻqiydi. Boshlangʻich maktabning 1 — 4sinflarida darslar ona tilida, soʻng ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktab 5 y. lik. Boshlangich maktablar uchun oʻqituvchilar kichik (toʻliqsiz) oʻrta maktab negizida ped. bilim yurtlarida 2—3 y. davomida tayyorlanadi. Kichik oʻrta maktab oʻqituvchilari esa toʻliq oʻrta maktab negizida ped. kollejlarida 2 y. davomida, toʻliq oʻrta maktab oʻqituvchilari untda tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizidagi hunar maktablarida va hunarmandchilik oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi. Lusakada unt (8 ft), KitveNkanada uning filiali bor. Zambiyada yana bir qancha int va kollejlar, shu jumladan Milliy ijtimoiy boshqaruv inti, amaliy hunarmandchilik va tijorat kolleji, texnika kolleji, milliy resurslarni rivojlantirish kolleji (hammasi Lusakada), boshqa shaharlarda ham turli kollejlar mavjud.

Yirik kutubxonalari: Lusakada unti kutubxonasi, kutubxonalar maxdamasi, milliy arxivi, shahar ommaviy kutubxonasi. Ndola va Kitve Nkanada ommaviy kutubxonalar bor. Muzeylari: Lusakada K. Kaunda uy muzeyi, Milliy mustakillik birlashgan partiyasi siyosiy muzeyi, Livingstondagi muzey, Ndola va Mbaladagi muzeylar.

Ilmiy muassasalari: Lusakada Milliy i. t. kengashi, Geol. xizmati, Zambiya un-ti huzuridagi Afrika tadqiqotlari inti, Ped. tadqiqot byurosi, Chilanida Balikchilik markaziy tadqiqot inti, Mazabukada Markaziy veterinariya styasi, KitveNkanada Oʻrmontexnika tadqiqot byurosi, Tibbiyot tadqiqot byurosi va b. Bir qancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Zambiyada bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «Zambiya gavernment gazett» («Zambiya hukumat gazetasi», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1911-y. tashkil etilgan), «Zambiya deyli meyl» («Zambiya kundalik xabarlari», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1960), «Tayme of Zambiya» («Zambiya vaqti», ingliz tilidagi kundalik gaz., 1943), «Intanda» («Yulduz», tonga tilidagi oylik gaz., 1958), «Sandi tayme of Zambiya» («Zambiyaning yakshanba vaqti», ingliz tilidagi haftalik gaz., 1965), «Yus» («Yoshlar», ingliz tilida qar chorakda chiqadigan jur., 1974). 3. Axborot agentligi 1969-y. tuzilgan. 3. radioeshittirish xizmati 1966-y. tashkil etilgan boʻlib, hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Telekoʻrsatuvlar Lusaka sh. dan olib boriladi.

Adabiyoti. 3. adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalari asosida rivojlanmoqda. J. Chivalening bemba va luba xalqpari tillaridagi «Markaziy bantularning tarixiy tuzuklari» kitobi (1962) va J. Musapuning «Alamango» dostonlar toʻplami (1962) adabiy hayotda muhim voqea boʻldi. Biroq mahalliy tillardagi badiiy adabiyot unchalik ommalashmadi. 70y. larda 3. yozuvchilarining ingliz tilidagi asarlari paydo boʻldi. D. Mulayshoning «Soqovlar tili» romani mashhur boʻldi. Unda zamonaviy jamiyat axlokiy muammolari majoziy tarzda tasvirlangan. M. Lisvaniso tahriri ostida «Zambiya ovozlari» nomi bilan qisqa hikoyalar majmuasi, G. Pirining T«aqdir qismati», «Qaltis qiliq» romanlari va b. asarlar bosilib chikdi. P. Mulenga, M. Kasese, O. Simpson, Anna Shtigler, R. Bapti kabi shoirlar, Ch. Vyas, U. Saidi kabi yozuvchilar mashhur boʻldi. 1978-y. da 3. yozuvchilarining milliy uyushmasi tuzilib, barcha adiblar unga birlashdilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Zambiyaning shim. va sharqiy mintaqalarida qoya toshlariga chizilgan turli rayem va tasvirlar topildi, ularning ilk namunalari mil. av. 4-ming yillikka Lusaka shahridagi zamonaviy bino. Subligi qayd etilgan. Maʼdan boʻyoqlar (aksari qizil, sariq, oq, qora rangda) bilan tushirilgan tasvirlarda jonivor (fil, kiyik, tuyaqush)lar, odamlar qiyofasi va ov manzarasi gavdalantirilgan. Zambiya dagi turar joylar, asosan, xashak va qamishdan aylana tarhli qilib qurilgan, devorlari loy suvoqli chaylasimon uylardan iborat boʻlib, ularning tomi qamishdan kulohiy shaklda ishlangan, boʻgʻoti ostida ayvoncha hosil qilinadi. Uy devori loy b-n suvalib, rangbarang qilib boʻyaladi. Zambiyaning 20-a. boshlarida qad koʻtargan shaharlari — Lusaka, Livingston, Ndola erkin loyihada, koʻchalari keng, atrofiga temir beton va xom gʻishtlardan kam qavatli imoratlar qurilgan. Kafue daryosi qirgʻogʻida shu nomda sanoat markazi barpo etilgan. Viktoriya sharsharasi yonida qurilgan sayyoxdar majmui milliy turar joy uslubida bezatilgan. Zambiyaning kasbiy sanʼati yaqinda paydo boʻldi. Rassomlardan R. Sililo alohida ajralib turadi. Uning moʻyqalamiga mansub xalq tarixi va zamonaviy qishloq turmushi manzaralari Lusakadagi muzeyni bezab turibdi. Rangtasvir va haykaltaroshlik ustalari G. Tayali, R. Sichalve, rassomlar B. Kabamba, F. Chinyama, R. Kausu, B. Kalulular ijodi tahsinga sazovor. 3. sanʼat markazi har yili tasviriy va amaliy sanʼat asarlari tanlovini oʻtkazib turadi. Musiqasi. Afrikalik boshka xalklar kabi 3. xalkining musiqa sanʼatida xam koʻshiq, raqs va soz chambarchas boigangan. Toʻptoʻp boʻlib tushiladigan ngoma raqsi, barabanlar joʻrligidagi ichila raqsi rayem boʻlgan. Allalar, toʻy marosim qoʻshiqlari, marsiyalar keng tarqalgan. Diniy marosim qoʻshiq va raqslari (zikr tushish, insjinslarni kuvish, jinlar bazmi kabi) hamon uchrab turadi. Mamlakatga yevropaliklar kelishi bilan (18 — 19a. lar) xristian munojatlari ommalasha boshladi, afrikacha va yevropacha musiqa uslublari qorishgan qoʻshiqchilik shakllandi, qoʻshni xalqlarning musiqa va qoʻshiqlari ham kirib kela boshladi. Mustaqillikka erishilgandan keyin mamlakatda koʻpgina musiqa jamoalari vujudga keldi. Lusaka radiosi dastasi, akauka Makoma kvarteti, «Salibchilar» kvarteti shular jumlasidan. Anʼanaviy musiqa ijrochilaridan — sozandalar M. Mataliyana, A. Mulena, E. Manda, xonandalar D. Mazuka, P. Maddilarni koʻrsatish mumkin. Rok musiqasi, disko, reggi kabi zamonaviy ommabop uslublarda ijod qiluvchi vokalcholgʻu ansambllaridan «Katta oltin oltilik», «Sehrgar», «Maoma»lar mashhur. 3. madaniyat mahkamasi anʼanaviy sanʼatni saqlash va rivojlantirish, ijodiy jamoalar tashkil etish bilan shugʻullanadi. Teatri. 1964-y. ga qadar Shim. Rodeziyada yevropalik havaskorlarning teatr guruhlarigina boʻlgan. 7 shaharda litltietr deb atalgan kichikkichik teatr binolari boʻlgan. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin Afrika teatr jamoalari vujudga keldi, 3. sanʼat uyushmasi tuzilib, unga dramaturgrej. lar G. Lumpa va K. Nkxata rahbarlik qildi. Esxilning «Oresteya» pyesasi mahalliy folklor uslubidagi musiqa va raqslar b-n sahnalashtirildi. Jo de Graftning «Oʻgʻil va qizlar» spektakli qoʻyildi. Zambiyada professional teatr yoʻq. Koʻpgina teatr jamiyatlari, guruxlari va klublar bor. Ularning kupi 3. milliy teatr sanʼati uyushmasi va 3. teatr sanʼati ittifoqiga kiradi. Turlituman truppa va dastalar mamlakat ichkari tumanlariga borib tomoshalar koʻrsatadi. Truppalar repertuaridan mumtoz asarlar, zamonaviy Yevropa va Amerika dramaturglarining pyesalari asosiy oʻrin olgan. Koʻpincha falsafiy, baʼzan diniy mavzudagi asarlar sahnalashtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x