LENTA

LENTA (lot. linteus — zigʻir tola, polotno) — 1) toʻqimachilikda turli toʻqimachilik materiallari (yigirish sanoati uchun moʻljallangan xom ashyo, ensiz xom mato)ning nomi (q. Pilta); 2)toʻqima Lenta turli tolalardan maxsus toʻquv dastgohlarida tasma koʻrinishida tayyorlanadi. Ayollar koʻylagi, shlyapalar va b. ni bezash, ordenlar uchun ishlatiladi, sochga taqiladi;

3) geodezik Lenta — eni 12 —20 mm, uz. 20—50 m boʻlgan poʻlat yoki invardan tayyorlangan uzunlik oʻlchanadigan geodezik asbob;

4) konveyer L. — bir vaqtda yuk koʻtaruv va tortuvchi organlarning ishini bajaruvchi konveyerning tashkiliy qismi. Rezinalangan matoli va trosli xillari bor. Matoli Lentaning matosi 0,2 — 0,3 mm qalinlikdagi ip gazlama va sintetik materiallar (kapron, lavsan, viskoza) dan tayyorlanib 3 dan 10 mm gacha qalinlikda rezina qoplanadi. Eni 100 dan 2400 mm gacha, baʼzan 3600 mm boʻladi. Trosli Lenta issiq va abraziv materiallarni tashishda ishlatiladi. Trosslarining diametri 2,1 — 11,6 mm, mustahkamlik chegarasi — 1sm eniga 7—60 kN, eni 800 mm gacha, qalinligi 0,6 — 1,2 mm boʻladi;

5) izolyatsiya L. — smola, lok, moy va b. elektr oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan, bir tomoni yopishqoq ensiz mato. Elektr simlari ulangan va b. joylarni oʻrashda ishlatiladi;

6) poʻlat Lenta — prokatlash stanoklarida eni 600 mm gacha, 0,005 — 4 mm qalinlikda prokatlab olinadigan polosa poʻlat. Uglerodli yoki legirlangan poʻlatdan tayyorlanadi. Shtamp buyumlar, payvand trubalar, soat prujinalari, elektr pechlari va asboblarning qizish elementlari va b. tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x