Uy sharoitida yuz tozalash kosmetolog uchun sarflanadigan anchagina pulni tejashga yordam beradi. Albatta, yuzni uy sharoitida tozalash o’ta ehtiyotkorlikni talab etadi, agar kerakli qo’llanmalarga amal qilinmasa yuz terisiga jiddiy zarar etkazish mumkin. Noto’g’ri harakatlar oqibatida yiringlar, yallig’lanish yoki chuqurchalar yuzaga kelish ehtimoli bor. Demak, uy sharoitida yuzni tozalash uchun bug’li vannacha, tuz, suyuq sovun va dezinfektsiyalovchi vosita kerak bo’ladi. Yuz terisi yaxshillab tozalanib, bug’li vannacha yoki issiq yog’li niqob qo’llaniladi. So’ng tuzli piling (chuqur tozalash) iliq suvda namlangan paxtali tampon sovunlanib, mayda tuzga belanadi va mazkur tampon bilan yuzning eng ko’p kir yig’ilgan joylari ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi (ushbu tuz va sovunli aralashmani qo’l bilan ham ishqalash mumkin). Yuzdagi sovun va tuzli ko’pikni 5-6 daqiqa qoldirib, so’ng sovuq suv bilan yuvish kerak. Agar yuz terisi tuzga ta’sirchan bo’lsa uni kosmetik bura bilan almashtirish mumkin. Eng ma’suliyatli holat ikkita barmoq bilan komedon (qora nuqta) larni o’ta ehtiyotkorlik bilan siqib chiqarishga harakat qilish kerak. Agar yuz terisi quruq bo’lib, komedonlarni siqish mushkullik tug’dirsa, ularga bug’li vannachadan avval isitilgan o’simlik yog’i surtiladi. Sovun va tuzli ko’pikka esa ozgina suli uni qo’shiladi. Uy sharoitida yuzni tozalash jarayonida qo’llar sterillangan bo’lishi kerak. Buning uchun barmoqlarni sterillangan qog’oz salfetkalarga o’rash mumkin. Yuz terisidan ortiqcha kir va qora nuqtadan to’liq tozalangach, terini yaxshillab dezinfektsiyalash darkor. Bu muolajadan so’ng ultrabinafsha hamda suv muolajalarini keyinroqqa qoldirish tavsiya etiladi. Imkon boricha kremlardan ham foydalanmaslik kerak – eng yaxshisi tonik.
Yuz terisini quyidagilar bilan artish mumkin.
Oshxona sirkasi.
Limon sharbati.
Buraning iliq aralashmasi (0,5 stakan suvga 1 choy qoshiq bura).
3% li vodorod perikisining aralashmasi.
Limon va glitserin aralashmasi (50 gr. glitserin, 30gr. limon sharbati va 100 gr, suv).
loading…