YUTLANDIYA

YUTLANDIYA — Yevropadagi yarim orol, Boltiq dengizi bilan Shim. dengiz oraligʻida. Daniya va Germaniyaga qarashli. Mayd. 40 ming km2, uz. 300 km chamasida. Sharqiy qirgʻoqlari kuchli parchalangan, gʻarbi nisbatan tekis. Relyefi sertepali morena tekisligidan iborat, eng baland joyi 173 m. Iqlimi moʻtadil dengiz iqlimi. Daryolari sersuv. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar, vereskzorlar bor. Maydonining katta qismi ekinzorlarga aylantirilgan. Janubiy da Orxus (Daniya), Flensburg (Germaniya) shahrilari joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x