YURT

YURToʻrta asr Sharq manbalarida mulk, turar joy, mamlakat, vatan, yer maʼnosida qoʻllaniladigan atama. 14-asrning 2-yarmigacha «Yurt» atamasi, odatda, turkiy qabilalar koʻchib yuradigan hudud maʼnosida qoʻllanilgan. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida Yurt deb xon qarorgohidagi zodagonning joyi yoki zodagon yoxud xonning qarorgohi joylashgan yerga aytilgan. Tarixchilar Rashiduddin va Vassofning asarlarida Yurt nafaqat ulus hududini balki qoʻshinning umumiy safida askarlar oʻrni, qarorgoh (oʻrdu) joylashgan yer, qarorgohdagi chodir oʻrnatilgan joyni ham anglatgan. Soʻnggi davr manbalarida «Yurt» atamasining uy, turar joy, manzilni anglatuvchi ahamiyati kuchaygan. Rus manbalarida Yurt Moʻgʻullar davlati va Oltin Oʻrda parchalangandan soʻng vujudga kelgan davlatlar hududini bildirgan (Sibir Yu. i, Qrim Yu. i va boshqalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x